Shimoliy Toshkent kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shimoliy Toshkent kanali (yuqori qismida)

Shimoliy Toshkent kanaliToshkent va Janubiy Qozogʻiston viloyatlarida joylashgan yirik kanal, Ikkinchi jahon urushi yillarida qurilgan. Boʻzsuv kanalidan (Xalqoboddan yuqoriroqda) suv olib, Yangiyoʻl va Sariogʻoch tumanlarining suv taʼminotini yaxshilashga imkon beradi. Joy relyefining murakkabligi tufayli kanal trassasi ilon izi, uning koʻp qismi qazma va koʻtarma oʻzandan iborat. Uzunligi 43 km, bosh va oxirgi qismlarida balandlik farqi 26 m ga teng. Soʻnggi vaqtlarda kanal rekonstruksiya qilinib, uning trassasi ancha toʻgʻri holga keltirilgan, yangi suv taqsimlash inshootlari barpo egilgan. Kanalning hisobiy suv sarfi 1970-yilda 20 m³/sek.gacha (quyi qismida 9 m³/sek.) yetkazildi. Kanalning chap qirgʻogʻida 7 m kenglikdagi inspeksiya yoʻli, oʻng qirgʻogʻida mustahkamlovchi 8 m balandlikdagi bermalar qurilgan. Kanalda koʻp sonli toʻsqichlar, 40 dan ortiq quvurlarga suv chiqargichlar, 12 ta yirik koʻprik, 11 ta nasos styasi mavjud. Kanal trassasining 32kilometrida suv sathini 15 m ga pasaytirib beruvchi tezoqarsharshara qurilgan. Kanal 10 ming ga atrofidagi yerni sugʻorish imkoniga ega.