Shimoliy Koreya yadroviy sinovi (2013)
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 12-fevralida Shimoliy Koreya yadroviy qurol yerosti sinovini oʻtkazganini maʼlum qildi.[1] Bu Shimoliy Koreya oʻtkazgan uchinchi sinov boʻldi. Yadroviy bomba portlashidan vujudga kelgan zilzila magnitudasi 5,1 boʻldi va Qamrovli Yadroviy Sinovlarni Taqiqlash Shartnomasi Tashkiloti Tayyorlov Komissiyasi[2] hamda AQSh Geologik Xizmati[3] tomonidan aniqlandi. Janubiy Koreya Mudofaa Vazirligi portlash kuchi olti-yetti kilotonna boʻlganini eʼlon qildi.[4][5][6][7]
Shimoliy Koreya hukumati Xitoy va AQShni boʻlajak sinov haqida oldindan ogohlantirgan edi.[8]
Xalqaro javob [tahrir]
Xalqaro hamjamiyat voqea yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirdi.
Avstraliya: Avstraliya Bosh Vaziri Julia Gillard Avstraliya hukumati Shimoliy Koreya tomonidan oʻtkazilgan yadroviy sinovni qattiq qoralashini bildirdi.[9]
AQSh: AQSh Prezidenti Barack Obama sinovni xoinona va mintaqa barqarorligiga rahna soluvchi harakat, deb atadi.[10] U AQSh va uning ittifoqdoshlarini himoyalash yoʻlida ishlar olib borishini bildirdi.[11]
Birlashgan Qirollik: Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Kotibi William Hague bunday amallar Koreya yarimorolida osoyishtalik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi, dedi.[12]
Eron: Eron Tashqi Ishlar Vazirligi vakili Ramin Mehmanparast barcha yadroviy qurollar yoʻq qilinishi kerak, dedi.[13]
Fransiya: Fransiya Prezidenti François Hollande sinovni qattiq qoralashini va BMT Xavfsizlik Kengashi bilan birgalikda javob amallarini ustida ishlashga roziligini bildirdi.[14]
Hindiston: Hindiston Tashqi Ishlar Vazirligi Shimoliy Koreyani mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi bunday amallardan oʻzini tiyishiga chaqirdi.[15]
Isroil: Isroil Tashqi Ishlar Vazirligi KXDR olib borayotgan bu ishlar ustidan xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin choralar koʻrilishi lozim, deb bayonot qildi.[16]
Kanada: Kanada Tashqi Ishlar Vaziri John Baird Shimoliy Koreyaning bu sinovi mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka xatar solishini aytdi.[17]
Olmoniya: Olmoniya Tashqi Ishlar Vaziri Guido Westerwelle sinovni qattiq qoraladi va xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Koreyaga nisbatan keskinroq choralar koʻrishga chaqirdi.[18]
Oʻzbekiston: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi „Jahon“ axborot agentligi 14-fevral kuni Shimoliy Koreyada yadroviy sinovlar oʻtkazilganini xavotir bilan qarshi oldi.[19] „Oʻzbekiston rasmiy Pxenyanni jahon jamoatchiligining fikriga quloq tutishga va bundan keyin keskinlikni oshirishga va Koreya yarim orolida tinchlik va ishonch oʻrnatilishiga halal beradigan provokatsion harakatlardan tiyilishga qatʼiy chaqiradi“, — deya qoʻshimcha qilingan agentlik xabarida.[20]
Rossiya: Rossiya Shimoliy Koreyani bu sinovi bilan xalqaro majburiyatlarni buzgani uchun qatʼiyan qoralashini bildirdi.[21]
Turkiya: Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi Shimoliy Koreya BMT XK 1718, 1874 va 2087 raqamli qarorlarini buzganini va bunday amallarni qoralashini bildirdi.[22]
Xitoy: Xitoy Tashqi Ishlar Vaziri Yang Jiechi Xitoy Xalq Respublikasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻtkazgan yadroviy sinovga keskin qarshiligini bildirdi.[23]
Yaponiya: Yaponiya Bosh Vaziri Shinzō Abe sinovni chidab boʻlmas jiddiy tahlika, deb atadi.[24]
Manbalar [tahrir]
- ↑ КХДР ядровий синовлар ўтказилганини расман тасдиқлади. kun.uz. 13-fevral 2013.
- ↑ Press Release: On the CTBTO's detection in North Korea. CTBTO. 12 February 2013.
- ↑ M5.1 Nuclear Explosion - 24km ENE of Sungjibaegam, North Korea. Earthquake Hazards Program. United States Geological Survey (12 February 2013). 12 February 2013.
- ↑ North Korea Tremor Arouses Suspicion of Nuclear Test (12 February 2013). 12 February 2013.
- ↑ M5.1 – 24km ENE of Sungjibaegam, North Korea. USGS (12 February 2013). 12 February 2013.
- ↑ Chance, David; Kim, Jack (12 February 2013). "China joins U.S., Japan in condemning North Korea nuclear test". Reuters. http://www.reuters.com/article/2013/02/12/us-korea-north-idUSBRE91B04820130212. Qaraldi: 12 February 2013.
- ↑ MacLeod, Calum (12 February 2013). "Obama calls North Korea nuclear test a threat to U.S.". USA Today. http://www.usatoday.com/story/news/world/2013/02/11/earthquake-north-korea-nuclear-test/1911587/. Qaraldi: 12 February 2013.
- ↑ Шимолий Корея ядровий синовлар тўғрисида Хитой ва АҚШни огоҳлантирди. kun.uz. 13-fevral 2013.
- ↑ Australia condemns North Korea's nuclear test. Deccan Herald (12 February 2013). 12 February 2013.
- ↑ MacLeod, Calum; Yang, Sunny (12 February 2013). "U.N. condemns North Korea nuclear test, promises action" (Ingliz). USA Today. http://www.usatoday.com/story/news/world/2013/02/11/earthquake-north-korea-nuclear-test/1911587/. Qaraldi: 13 February 2013.
- ↑ Obama says N. Korea's nuke test 'highly provocative,' vows actions to defend U.S. and allies. Yonhap News. 12 February 2013.
- ↑ "A violation of UN resolutions': William Hague condemns North Korea nuclear test". http://www.independent.co.uk/news/uk/politics/a-violation-of-un-resolutions-william-hague-condemns-north-korea-nuclear-test-8491011.html.
- ↑ Yeganeh Torbati (12 February 2013). "Iran calls for end to nuclear arms after North Korean test". Reuters. http://www.reuters.com/article/2013/02/12/us-iran-nuclear-korea-north-idUSBRE91B0KC20130212. Qaraldi: 12 February 2013.
- ↑ France's Hollande condemns North Korean nuclear test. Reuters. 12 February 2013.
- ↑ Reaction to North Korea's Test of a Nuclear Device. ABC. 12 February 2013.
- ↑ http://www.reuters.com/article/2013/02/12/us-korea-north-israel-idUSBRE91B0ZD20130212
- ↑ "World leaders condemn North Korea’s nuclear test". http://www.theglobeandmail.com/news/world/world-leaders-condemn-north-koreas-nuclear-test/article8481361/. Qaraldi: 12 February 2013.
- ↑ Germany condemns North Korea test, wants new sanctions. Reuters. 12 February 2013.
- ↑ Ўзбекистон КХДРнинг ядровий синовлари юзасидан хавотирини билдирди. kun.uz (14-fevral 2013). 15-fevral 2013.
- ↑ Сообщение информационного агентства «Жахон»
- ↑ Russia 'decisively condemns' nuclear test. itv.com. 12 February 2013.
- ↑ Turkey: Korea's nuclear test deepens concerns. Today's Zaman. 12 February 2013.
- ↑ China opposes DPRK's nuclear test.
- ↑ North Korean nuclear test draws anger, including from China