Shifrlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shifrlash-Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga oʻgirish, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh-funksiya shakllantirish va tekshirish) foydalanishga asoslangan axborotni oʻzgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni begonalar tomonidan oʻrganish yoki oʻzgartirish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Shuningdek, maʼlumotlarga va dasturlarga, ulardan noqonuniy foydalanish maqsadida, ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni taʼminlaydi. Shifrlashning ikki usuli mavjud: simmetrik va asimmetrik. Simmetrik shifrlashda, kodlash va kodni ochish uchun birgina kalitning oʻzidan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlashda ikkita kalitdan foydalaniladi. Ulardan biri (ochiq kalit) dastlabki matnni shifrmatnga oʻgirishni, ikkinchisi esa (yopiq kalit) dastlabki matnga oʻgirishni taʼminlaydi.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.