Shifr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shifr (frans. sgpyge, aynan — raqam, arab. sifr — nol) — maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan shartli belgilar majmui. Diplomatik vakillar (elchilar, attashelar va boshqalar)ning oʻz hukumatlari bilan maxfiy yozishmalarida, shuningdek, qurolli kuchlarda buyruq, farmoyish berishda va jangovar harakat, razvedka natijalari haqida xabar qilishda qoʻllanadi. Xabarning magʻzini chaqish (shifrovka) jumla, soʻz, boʻgʻin yoki alohida harflarni raqam yoki harflarga turli uygʻunlikda almashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Sh.larni tushunish uchun kelishilgan tegishli shartdan (parol) xabardor boʻlish lozim. Sh.langan matnning magʻzini chaqishda maxsus kalitlar tizimidan foydalanadi. shahrini murakkablashtirish uchun qoʻsh Sh. tizimi ham qoʻllanadi. Sh. maxfiy yozishmalar sirini saqlab qolishga hamma vaqt ham kafolat bera olmaydi, chunki davlatlarning razvedka xizmatlari shahrini yechish bilan muntazam shugʻullanib turadi.