Shayboniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Muhammad Shayboniy
Muhammad Abulfath Shayboniy
Shaybani.jpg
Taxallus: Shayboniyxon
Tavallud sanasi: 1451
Vafot sanasi: 1510
Kasb: Xon
Yoʻnalish: Nazm
Janr: Gʻazal

Muhammad Shayboniy (1451—1510). Taniqli oʻzbek shoiri, davlat arbobi, oʻzbekxonlar sulolasining asoschisi, «hazrati imomuz-zamon xalifatur-rahmon» (zamona imomi va xalifasi) unvoniga erishgan. Muhammad Shayboniy Shayboniylar deb ataluvchi yirik sulolaning asoschisidir.

[tahrir] Hayoti

Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Buxoroda tugʻilgan, mashhur hukmdor Abulxayrxonning nabirasi. 15011507 yillarda Turkistonda Markazlashgan davlat qurdi. Saroy adabiyotining mavqeini yaxshilashga uringan. U haqda «Tarixi gizida yoki Nusratnoma», Binoiyning «Shayboniynoma», Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob», Muhammad Haydarning «Shayboniynoma» va «Boburnoma» asarlarida maʼlumotlar bor. Alisher Navoiy ham oʻzining «Majolisun-nafois» asarida shoir asarlari haqida maʼlumot beradi.

[tahrir] Ijodi

«Devon» tartib bergan, u Istanbulda Tirqori saroyi muzeyida saqlanadi, undan koʻchirilgan nusxa OʻzMU Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasining qoʻlyozmalar jamgʻarmasida mavjud.

Shoir ijodi yuzasidan xorijiy olimlar F.Koʻprulu, Y.Ekman, O.Akbiyik, Yo.Qorasovning tadqiqotlari maʼlum. Oʻzbek olimlari E.Axmadxoʻjaev va I.Bekjon uning «Bahrul-hudo» nomli qasidasini topishdi. Aspirant Sharipova M. «Shayboniy gʻazallari poetikasi» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi (ilm.rahbar prof. H.Boltaboev) tayyorlamoqda.


[tahrir] Ilmiy adabiyot

  • Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. — T.: Oʻqituvchi, 1994;
  • Fitrat. XVI asrdan soʻngra oʻzbek adabiyotiga umumiy bir qarash. Kitobda: Tanlangan asarlar. 2-jild. — T.: Maʼnaviyat, 2000.
  • A.Ibrohimov. Bizkim, oʻzbeklar… -T.: Sharq, 1999. B.29-46.
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda