Shalqar (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shalqar tumanidan yoʻnaltirildi)
Shalqar tumani
qoz. Шалқар ауданы
tuman
Tarkibida Aqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Shalqar
Asos solingan sanasi 1921-yil
Akim Danagʻulov Yerboʻl Jetkergenovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 45,513[1]
Zichligi 0,7 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 62,200 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71335[2]
Pochta indeksi 031200-031216[3]
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://shalkar.aktobe.gov.kz/
Xaritada
Shalqar tumani xaritada
Koordinatalari: 47°49′40″N 59°36′58″E / 47.82778°N 59.61611°E / 47.82778; 59.61611 G O

Shalqar tumaniAqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Shalqar shahri[4].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.

Aholi punktlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aqqaytim, Bayqadam, Begimbet, Birshoʻgʻir, Boʻzoʻy, Jiltir, Moʻnke Biy[5], Qaratoʻgʻay, Qauiljir, Qoʻtirtas, Soleniy, Tgʻiz, Shalqar, Shilikti.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
  2. Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-fevral.
  4. www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
  5. „В Актобе пройдет большой праздник, приуроченный к 330-летию со дня рождения знаменитого философа и предсказателя Монке-би“ (2006-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  6. Qozoq Ensilopediyasi, 9 tom