Shahzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Shahzoda
Tugʻilgan paytidagi ismi: Zilola Bahodirovna Musayeva
Tavalludi sanasi: 28-iyul, 1979 (1979-Andoza:Pad2digit-Andoza:Pad2digit) (32 yoshda)
Tavalludi joyi: Toshkent, Oʻzbekiston
Faoliyat yillari: 1999 – bugun
Ampluasi: vokal
Janr: Pop
shahzoda.uz

Shahzoda, haqiqiy ismi sharifi Zilola Bahodirovna Musayeva, (28-iyul, 1979-yilda tugʻilgan) — oʻzbek pop qoʻshiqchisi.

Zilola Musayeva 28-iyul kuni tavallud topgan.

  • Burji: Arslon
  • Onasi: Maya Musayeva — Filolog (rus tili va rus adabiyoti oʻqituvchisi)
  • Otasi: Bahodir Musayev — Faylasuf fanlari doktori
  • Akasi: Erkin Musayev — Tadbirkor
  • O‘g‘li: Yorie Salih — maktab o‘quvchisi

1980-yildan to 1987-yilgacha otasining Moskvada oʻz ish faoliyatini yuritganligi sababli butu oila azolari bilan u yerda turishgan. 1987-yil Toshkent shahriga qaytib keldi. 5- sinfgacha u 80 — oʻrta maktabda tahsil oldi keyin esa 307 — gimnaziya maktabiga oʻtkazildi. Aynan shu yerda u Natella dugonasi bilan tanishib olgan. Shu yildan boshlab ularing doʻstligi boshlangan. 1997-yilda u aʼlo baholar bilan maktabni bitirdi.

1999-yili Kiyev Davlat Universitetiga kirdi, lekin musiqa sanʼati ustun olib u o‘qishni tashlab yubordi. Shu yili taniqli aranjirovkachi hamda bastakor Vagiv Zokirov Zilola bilan Natellaga «JONIM» guruhini tashkil qilish taklifini berdi. Birinchi ikki oy davomida «O‘tib ketadi» deb nomlangan albomi yozib bitirildi. Songra yangi hitga aylangan «Qarama qo‘zlarimga» deb nomlangan qo‘shig‘iga BVS studiyasi tomonidan klip suratga tushirildi.

2000-yilda «JONIM» guruhi o‘z faoliyatini tugatdi. 2001-yildan boshlab «Tarona Records» kompaniyasi Zilola Musayevaga o‘z ish faoliyatini Shahzoda tahallusi ostida davom etirish taklif qilindi. Shu kungacha Shahzoda «Tarona Records» kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Shu vaqtgacha «Tarona Records» kompaniyasi Shahzodaning 3 ta yakkahon konsert dasturini «Xalqlar Do‘stligi Saroyida» o‘tkazgan. Bugungi kungacha uning 4 ta audio albomi sotuvga chiqarilgan.

[tahrir] Sovrinlari

  1. «Tarona Taqdimoti — 2003» marosimining — «Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi» hamda «Yilning eng yahshi ayol qo‘shiqchisi» nominsiya sovrindori.
  2. «Tarona Taqdimoti — 2004» marosimining — «Yilning eng yaxshi albomi» nominsiya sovrindori.
  3. «Tarona Taqdimoti — 2004» marosimining — «Yil qo‘shig‘i» nominsiya sovrindori.

Hozirgi kunda u o‘zining 5 albomi ustida tinimsiz ish olib bormoqda.

[tahrir] Qoʻshimcha manbalar

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda