Sergey Vasilenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sergey Nikiforovich Vasilenko [1872.18 (30).3 – Moskva – 1956.11.3] – rus kompozitori, dirijyori. Oʻzbekistan (1939) va Rossiya (1940) xalq artisti, sanʼatshunoslik fanlari doktori (1943). Moskva universiteti yuridik fakultetini (1896) va Moskva konservatoriyasini (1901) tamomlagan. 1906— 50 yillari Moskva konservatoriyasida (1907 yildan professor lavozimida) ishlagan. 6 opera, bir qancha baletlar, 5 simfoniya, turli cholgʻular uchun 8 konsert, poema, rapsodiya, cholgʻu ansambllari, koʻshiq va xorlar, 200 dan ortiq romanslar, teatr va kino musiqalari muallifi. Ijodida Sharq mavzulariga murojaat etgan: 2 "Xitoy syuitasi" (1928, 1931), "Turkman manzaralari" (1931), "Sovet sharqi" (1932) simfonik asarlari, Rabindranat Tagor sheʼrlariga "6 ta hind romansi" va b. Uning Muxtor Ashrafiy bilan hamkorliqda yaratgan "Boʻron" (1939) va "Buyuk kanal" (1941) operalari, oʻzbek xalq afsonalari asosida yozgan "Oqbilak" baleti (1943), simfonik orkestr uchun "Oʻzbekcha syuitasi", puflama sozlar orkestri uchun 2 "Oʻzbekcha marshi" Oʻzbekiston kompozitorlik maktabi yuzaga kelishida muxim rol oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil