Savanna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Savanna (ispancha Sabana) — tropik oʻrmonlar va choʻllar oraligʻida tarkib topgan biom tipi. S. qurgʻoqchil va sernam mavsumlar aniq almashinadigan va yillik yogʻin 250–2000 mm boʻlgan sharoitlarda rivojlanadi. Afrikada materikning 40% Sdan iborat. S.da boʻliq oʻtlar (1m dan 3 m gacha va baʼzan undan ham baland, asosan, gʻalla gullilar) orasida yakka va toʻptoʻp daraxtlar hamda butalar usadi. Ular soyabonsimon koʻrinishga ega. Afrika S.siga oʻxshash zonalar Janubiy Amerika (kampos, lyanos), Janubiy Osiyo va Avstraliyaning shim.sharqida qam uchraydi (yana qarang Savanna zonalari).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil