Sargon II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sargon II (akkad tilida: 𒈗𒁺) — Ossuriya podshohi (mil.av. 722—705). Salmanasar V taxtdan agʻdarilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. Oʻz siyosatida kohinlar hamda Ossuriya va Bobilning imtiyozli shaharlari manfaatlarini harbiylar manfaati bilan uygʻunlashtirishga harakat qilgan. Isroil (722) va Suriyani bosib olgan (Karxemishning egallanishi, 717); 714 yil Urartu podshoxi Rusa I ni tormor etgan, Kichik Osiyo yarim orolning sharkidagi, shuningdek, Midiyadagi bir kancha viloyatlarni bosib olgan; 710—709 yillarda Bobilni egallagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil