Sankt-Peterburg universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sankt-peterburg universiteti — Rossiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri, ilmiy markaz. 1819 y. Bosh pedagogika instituti negizida tashkil etilgan. 1820 y. ochilgan. Dastlab falsafayuridik, tarixfilol., fizikamatematika ftlari boʻlgan. 1854 y. sharq tillari fti tashkil etilgan. universitet podsho Rossiyasining yetakchi ilmiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. universitetda N. G. Chernishevskiy, D. I. Pisarev, I. P. Pavlov, K. A. Timiryazev, I. I. Mechnikov, N. N. MikluxoMaklay, V. V. Veresayev, A. A. Blok, D. Bedniy, A. S. Serafimovich, A. N. Benua, M. A. Vrubel, M. I. Glinka, A. K. Glazunov, V. I. Kachalov va b. taʼlim olgan. 20-a.

ning 60y.laridan 2 oʻkuvilmiy majmua (Vasilyev o. va Petrodvorets) tizimidir. Fizika, mat., kimyo, biol., geologiya, geogr., tarix, falsafa, psixologiya, filol., sharqshunoslik, siyosatshunoslik, huquq va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. universitetda 17 ft, 200 ga yaqin kafedra, 10 i.t. instituta, 200 i.t. laboratoriya va stansiya, rasadxona, 2 muzey, ilmiy kutubxona (4 mln.dan ortiq asar), nashriyot, rus tili markazi, bir nechta int, oliy ped. kursi, gimnaziya, internatmaktab bor. universitetda 17 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, 4 mingdan ortiq ilmiy pedagogik xodim ishlaydi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil