Sangardakdaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sangardakdaryo
Tavsif
Uzunligi 114
Davlat Oʻzbekiston

SangardakdaryoSurxondaryoning oʻng irmogʻi. Hisor tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan (3800 m) boshlanadi. Uzunligi 114 km, havzasining maydoni 948 km². Suv yigʻish maydoni 889 km², oʻrtacha balandligi 2286 m. Yuqori oqimida (Qizilsoy qoʻshilgunga kadar) Degikanora deb ataladi. Shu kismda dare juda tor va yon bagʻirlari tik vodiydan okadi. S.ga bir kancha kattakichik soylar qoʻshiladi: oʻng tomondan Qizilsoy (15 km), Shoʻrchiob (11 km) va Molongur (23 km); chap tomondan Xondiza (25 km) va Nilu (11 km). S. asosan, mavsumiy qor va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Maksimal suv sarfi 44 m³/sek. (may oyida), noyabr — yanvarda 4,38—4,04 m³/sek. S.ning oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 15 m³/sek., oʻrtacha oqim moduli 17,0 l/sek, km². Dare vodiysi Surxondaryo viloyatining xushmanzara joylaridan biri, sharsharalar bor. Oʻrmon xoʻjaligi mavjud.[1] Ma’lumki, Hisor - mamlakatimizdagi eng baland, eng uzun tog‘ tizmalaridan hisoblanadi. Yurtimiz janubida joylashgan mazkur tog‘ tizmasi tabiatini muhofaza qilib, asl holicha saqlash maqsadida bir necha o‘rmon xo‘jaligi va qo‘riqxonalar tashkil etilgan. Ulardan biri «Uzun» o‘rmon xo‘jaligi bo‘lib, u Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumani hududilarini o‘z ichiga qamrab oladi. Aytish mumkinki, Sangardak - Uzun o‘rmon xo‘jaligining eng yirik bo‘limlaridandir. Uning umumiy maydoni 65 ming 732 gektarga teng. Bu erlar mahobatli tog‘lardan iborat bo‘lib, dengiz sathidan 1 yarim ming metrdan 4 ming metrgacha balandlikda joylashgan. U sharqda Bobotog‘ va shimoli-sharqda Hisor tog‘lari orqali Tojikiston, janubda Amudaryo o‘zani orqali Afg‘oniston, janubi-g‘arbda Ko‘hitang tizmasi orqali Turkmaniston davlatlari bilan, g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy tomondan esa Hisor tog‘ tizmasining tarmoqlari orqali Respublikamizning Qashqadaryo viloyati hududi bilan chegaralanadi.

Surxondaryo vodiysining shimolidagi Hisor tog‘ tizmasi Surxondaryo havzasiga qarashli tog‘li hududning asosiy qismini egallaydi. Hisor tog‘ tizmasi Surxondaryo havzasidagi eng baland tog‘ hisoblanib, tizmaning Surxondaryo havzasiga qarashli ayrim cho‘qqilari 4500 m dan oshadi. Bunday balandliklarda haroratning pastligi sabab bir qancha muzliklar ham mavjud. Surxondaryoning eng asosiy irmoqlari ham aynan mana shu muzliklardan boshlanadi. Hisor tog‘ tizmasi 7 Surxondaryo oqimining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Sababi tizmaning yon bag‘ridan hosil bo‘lgan oqim Surxondaryo havzasining butun tog‘li qismida hosil bo‘ladigan oqim miqdorining kamida 70% ini tashkil etadi. Hisor tizmasining janubiy-g‘arbiy tarmoqlari Boysun tog‘lari deb atalib, Boysun tog‘larining balandligi faqat shimolda 4000 m dan oshadi. Boysun tog‘lari janubga borgan sari juda tez va keskin ravishda balandligi kamayib boradi.

SHuning uchun ham Surxondaryo havzasining o‘ng qirg‘oq janubida kichik bo‘lsada doimiy suv oqadigan daryolar yo‘q. Surxondaryoning sharqiy qismini egallagan Bobotog‘ uncha baland bo‘lmasada Surxondaryo havzasi va Kofirnihon havzalarini bir-biridan ajratib turadi. Bobotog‘ ko‘rinishdan uzun cho‘zilgan ko‘rinishga ega. Bobotog‘ning eng baland cho‘qqisi 2286 m ni tashkil qiladi. Bu cho‘qqidan har ikki tarafga ham balandlik kamayib boradi. Tog‘ning tugash qismlarida tog‘ning balandliga atigi 500-600 m ni tashkil etadi. Tog‘ning uncha baland bo‘lmaganligi sabab, bu tog‘ yonbag‘rlaridan suvi Surxondaryoga etmasdan tugab qoladigan vaqtli soylargina oqib tushadi. Bunday soylarning suvlari faqat toshqin va sel davrlarida Surxondaryoga etib keladi. Shuning uchun ham bu soylar havzaning umumiy suv resurslarida deyarli hech qanday rol o‘ynamaydi. 1.2. Geologik tuzilishi va relefi Sangardak havzasining geologik tuzilishida proterazoy, kembriy, ordovik, siluriy, devon, tosh, perm, trias, yura, bo‘r, poleogen, neogen, to‘rtlamchi davrlari qatlamlari uchraydi. Proterazoy qatlamlari har-xil ko‘rinishdagi kristalli slans, kvars, ambifolitam va marmarlar mavjud bo‘lgan Boysuntog‘ va tizmalari o‘sishida uchraydi. Ayrim joylarda ularning qalinligi 4000 m ga etadi. Kembriy qatlami qalin kristalli qatlamlardan iborat bo‘lib, ularning umumiy qalinligi 1000- 1200 m ni tashkil qiladi. Ular, asosan, Obizarang daryosi havzasi hududi atrofidagi erlarning geologik tuzilishida uchraydi. Kembriy qatlami Surxondaryo havzasining boshqa hududlarida deyarli uchrmaydi. Ordovik qatlami qum-tosh, amfolitam, slyudisto-kremnistim, argillitovim slans va ohaktosh jinslaridan tashkil topgan 8 bo‘lib, ular hozirgi CHilliksu, Irgaylik, Olmalisoy daryolari suv ayrig‘ichlarida namoyon bo‘ladi. Ordovik qatlamining umumiy qalinligi 300 m ni tashkil qiladi. Siluriy qatlamlarini Olmalisoy, CHarmogol suv ayrig‘ichlarida va SHilxazor, Kishtut, SHatrut daryolarida uchratish mumkin. Ular alevrolet, alerolit slans, qumtosh va kam uchraydigan ohaktosh, bazalnim konglomerat jinslari qo‘shilishidan tashkil topgan. Ularning umumiy qalinligi 1000-1700m gacha etadi. Devon qatlamlari Magetli tog‘larida va Olmalisoy, CHarsha daryolari havzasida uchraydi. Devon qatlami asosan qum-tosh, ohaktosh, rasslansov alivrolitiv jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, Surxondaryoning yuqorida sanab o‘tilagan qismlarida uning qalinligi 115-500 m ni tashkil qiladi. Perm qatlamlari Kayraka chap irmoqlarida va Tamshush daryosining o‘ng qirg‘oqlari yotqiziqlarida uchraydi. Qatlam porfiram, tufam, qum-tosh, gravelitam jinslaridan iborat.

Perm qatlamining umumiy qalinligi 3200-3000 m ni tashkil qiladi. Trias qatlamlari Magetli tog‘ining janubida, CHo‘lbair tizmasining janubiy sharqida, Yalangtush dovonida, Boysuntog‘ tizmasi va Chaqchar tog‘i bo‘ylab Ko‘hitang tog‘ining sharqiy qismlarigacha bo‘lgan hududlarida uchraydi. Qatlamda boksit, argillitam alevrolitam, qum-tosh va boshqa jismlar mavjud. Qatlamning qalinligi atigi 30-50 m ni tashkil qiladi. Yura davri qatlami Magetli, Ko‘xitang, Cho‘lbair, Boysuntog‘, CHaqchar tizmalari yuqori yon bag‘rlarida, Baxchi, Oqsuv va boshqa joylarda namoyon bo‘ladi. Qatlamning umumiy qalinligi 50-360 m ni tashkil qiladi. Bu qatlam bo‘rli konglomerat, gravetit grubozerli, qum-tosh, argiletam kabi jinslardan iborat. Bo‘r qatlami Qizildaryo, Chosha daryosinig o‘ng qirg‘og‘i, Kishtut daryosi chap irmog‘lari hududida va SHerabod-Sariqamish hududining shimoliy-g‘arbiy qismlarida uchraydi. Ularni tekshirgan Simakov ma’lumotlariga ko‘ra, qatlam qizil glinam, alevroletamlar, qum-toshlar, ohaktoshlar qo‘shilishidan iborat bo‘lib, uning qalinligi 30-200 m ni tashkil qiladi. To‘rtlamchi davr qatlamlari Amudaryo vodiysida, Surxondaryo, Xo‘jaipok, Sangardak, Sherabod, To‘polang, Kofirnihon va boshqa hududlarda joylashgan.

Relyefi. Surxondaryo havzasida tog‘lar bilan bir qatorda tekisliklar ham mavjud bo‘lib, ular asosan havzaning markazida, ya’ni tog‘lar o‘rtasida uchraydi. 9 Surxondaryo tog‘ oralig‘i botig‘i Boysun va Bobotog‘ tizmalari orasida joylashgan. Shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan va janubda Amudaryo vodiysiga tutashgan. Botiq keng, yuzasi to‘lqinsimon, ayrim erlarda zinapoyali. Botiq markazga va janubi-g‘arbga tomon pasayib boradigan tekislikdir. Uning deyarli o‘rtasida Surxondaryo vodiysi joylashgan. Uning kengligi 3-5 km, birinchi va ikkinchi terrasalari yaxshi rivojlangan va ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. Surxondaryoning qayir usti uchinchi va to‘rtinchi terrasalari uncha katta maydonlarni egallamaydi va ularning nisbiy balandligi 4-10 va 10-20 metrni tashkil etadi. Vodiyning mutlaq balandligi Tog‘dan chiqish erida 700 metrni, Amudaryo vodiysiga tutashgan erida 300 metrni tashkil etadi. Botiqning g‘arbida Surxondaryoning irmoqlari konussimon yirik yoyilmalar hosil qilgan. SHerobod daryosi yoyilmasini daryo irmoqlari kesib o‘tib, 20 metr chuqurlikkacha o‘yib yuborgan. Janubda Surxondaryo vodiysi Amudaryo vodiysini kesib o‘tib balandligi 22 metrgacha bo‘lgan ostona hosil qilgan. Botiqning janubida tog‘ oldi tekisliklarida 100 metrgacha bo‘lgan Xovdog‘, Uchqizil, Kokayti, Oqtog‘ balandliklari bor. Botiqning janubi-sharqiy qismi qum massividan iborat. Havzaning er yuzasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, havza shimoldan janubga tomon asta-sekin pasayib boradi. Hisor tizmasidan janubiy g‘arb va janubga qarab bir qancha tarmoqlar taralib ketadi.

Bu tog‘lar Hisor tog‘ tizmasining tarmoqlari hisoblanib, ularning balandligi, tuzilishi bir-biridan farq qiladi. Bular orasida eng balandlari Boysun tog‘i va Ko‘xitang tog‘lari hisoblanadi. Bu tog‘lar vodiydan tik ko‘tarilib turadi. Boysun va Ko‘xitang tog‘lari Surxondaryo va Qashqadaryo havzasi suv ayrig‘ich chiziqlarini belgilab beradi. 1.3. Iqlim sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari Surxondaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining janubiy qismida joylashganligi tufayli o‘zining iqlim sharoitiga ko‘ra Respublikaning boshqa viloyatlaridan birmuncha farq qiladi. Surxondaryo viloyati mamlakatimizdagi yagona subtropik iqlim mintaqasida joylashgan viloyat hisoblanadi. Bu esa viloyatda subtropik mevalarni va paxtaning subtropik navlarini etishtirishga imkon 10 beradi. Surxondaryoning iqlim sharoitiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur havzada ham O‘rta Osiyoning boshqa havzalariga mos ravishda yog‘inlarning notekis taqsimlanganligiga guvoh bo‘lamiz. Bunga havzaning uch tarafdan tog‘lar bilan o‘ralganligi va janubiy tomondan havo massalarining kirib kelishi sabab bo‘ladi. Havzani o‘rab turgan tog‘lar yonbag‘rlarida yog‘in miqdori ko‘p bo‘lsa, uning markazida joylashgan tekislik qismida yog‘in nisbatan kam tushadi. Havzadagi eng kam yog‘in Surxondaryoning Amudaryoga quyilish joyiga yaqin tekisliklarga tushadi. SHimol va shimoliy-g‘arbga qarab yog‘in miqdori ko‘payib boradi. Buni meteorologik postlar ma’lumotlari orqali ham bilib olishimiz mumkin. SHunga ko‘ra, yillik yog‘in miqdori SHo‘rchida 228 mm ni, Zarchob qishlog‘i yaqinida 495 mm ni va SHarg‘unda 625 mm ni tashkil qiladi. SHu tariqa balandlik ortgan sari yog‘in miqdori ham ortib boradi. Surxondaryo havzasining g‘arbidagi tog‘larga yog‘in kam yog‘adi. Sababi janubiy-g‘arbdan vodiyga keladigan nam havo oqimi meridian yo‘nalishida joylashgan g‘arbdagi tog‘larga urilib, tog‘ning shu yonbag‘rlariga yog‘in tushadi. Tog‘dan oshib esa yog‘in bermaydi. Nam havo oqimi shimol va shimoliy-g‘arbga borgan sayin tog‘lar tomon ko‘tarilib soviydi va ko‘p miqdorda yog‘in beradi. Natijada Hisor tog‘ yonbag‘rlarida yog‘in miqdori 1200-1500 mm ga etadi. Surxondaryo havzasiga yog‘inlar mavsumi asosan noyabr-may oylariga to‘g‘ri keladi. SHu davr mobaynida yillik yog‘inning katta qismi yog‘ib o‘tadi. Bunga Termiz meteorologik stansiyasida qayd qilingan ma’lumotlar orqali aniqlik kiritib olishimiz mumkin. Ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘rtacha 12 soat davomida 15 mm va undan ko‘p miqdorda yog‘inlar qayd qilingan kunlar soni bo‘yicha mart oyi yog‘inning ko‘pligi bilan boshqa oylardan farq qiladi. Kuzatilgan yillar mobaynida mart oyining o‘rtacha 10 kunida 15 mm dan ortiq yog‘in yoqqan. Aprel oyida bu ko‘rsatgich o‘rtacha 5 kunni tashkil qiladi. YAnvar, iyul, avgust, sentyabr, oktyabr oylarida o‘rtacha hisobda 15 mm dan ko‘p yog‘in bo‘lgan kunlar qayd etilmagan.

Tuproq va o‘simlik qoplami Relef sharoiti va namlanish darajasi bir xil bo‘lganda, yer sirti holati (tuproq, o‘simlik, jinslarning litologik tarkibi)ning o‘zgarishi yuvilish miqdorini bir necha marta o‘zgartiradi. Tuproq qoplamining yuvilishga moyilligini tuproq strukturasi, uning mexanik tarkibi, tuproqdagi gumus miqdori, tuproqning nam yutish qobiliyati kabi xususiyatlari belgilaydi. Tuproq qoplami strukturasiz yoki strukturali bo‘ladi. Strukturasiz tuproqda bo‘shliqlar mayda bo‘lib, drenaj va aeratsiya jarayonlari qiyin kechadi. Strukturali tuproqda esa aksincha bo‘shliqlar katta bo‘lib, natijada drenaj va aeratsiya jarayonlari jadallashadi. Tuproq strukturasi qancha yirik bo‘lsa, u shuncha qiyin yuviladi. Tuproq qoplamida o‘lchami 0,5-1,0 mm katta bo‘lgan zarrachalarning mavjudligi uning qiyin yuvilishidan darak beradi. Ikkinchi tomondan tuproq strukturasi va uning mexanik tarkibi tuproqning suv shimish qobiliyatini aniqlaydi.

Tuproq donalari o‘lchamlarining kattalashishi bilan shimilish tezligi ortib, yuza oqim va yuvilish kamayadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra strukturli tuproqda yillik yog‘inning 85 foizi shimilsa, strukturasiz tuproqda esa uning qiymati ancha kichik bo‘lib, 30 foizni tashkil etadi. Eroziya jadalligi tub jinslar xarakteri bilan chambarchas bog‘liqdir, eroziya natijasida yuza to‘proq yuvilgach, so‘ng navbat tub jinslarga keladi (jarlik eroziyasi). Uning jadalligi jinslarning yuvilishiga moyillik darajasiga bog‘liqdir. SHu belgisiga ko‘ra barcha jinslarni shartli ravishda oson, o‘rtacha va qiyin yuviladigan guruhlarga bo‘lish mumkin. Oson yuviladiganlarga barcha donador cho‘kindi jinslar sariq tuproq, qum, loy, qumoq tuproq kiradi.o‘rtacha jadallikda yuviladiganlarga esa ma’lum darajada jipslashgan va kuchsiz sementlashgan qumtoshlar, qiyin yuviladiganlarga esa qoyatoshlar, toshloq jinslar, kiradi. Turli o‘simliklar suv oqimi hosil bo‘lishiga va eroziyaga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda ular tuproq qoplamini tomchilar zarbidan saqlaydi.

Himoya darajasi o‘simliklarning o‘lchamlari va turlariga bog‘liq. YOtiq holdagi o‘simliklar baland va tikka o‘sadigan o‘simliklarga nisbatan er sirtini yuvilishdan yaxshi saqlaydi. Tabiiyki, er sirtida bir joyning o‘zida turli-tuman o‘simliklarning 12 mavjudligi yomg‘ir eroziyasini keskin kamaytiradi. SHu tufayli o‘rmonlar suv eroziyasini kamaytiruvchi muhim omil hisoblanadi. Daraxtlar ildizi tuproq qoplamini mustahkamlasa, butalar va shoxlari tuproqqa qoplama vazifasini o‘taydi. Yomg‘ir hisobiga yuvilish va sachratma eroziyani hisoblash ifodalariga G.I. SHvebs o‘simlik ta’sirini u qoplagan maydonni ifodalovchi koeffitsient orqali e’tiborga olgan. O‘rmonlarning yuvilishni kamaytiruvchi omil ekanligi ko‘plab adabiyotlarda qaytd etilgan. Ayniqsa tog‘ oldi va tog‘li hududlarda o‘rmonlarning suv eroziyasiga ta’siri yanada kuchli namoyon bo‘ladi. O‘simlik qoplamining yuvilishga ta’siri murakkab va turlichadir, jumladan, u er sirtida qo‘shimcha g‘adir-budurlikni yuzaga keltiradi, natijada yuza oqim tezligini va eng muhimi, nishablik ta’sirini kamaytiradi, tuproq qoplamiga shimilishni kuchaytiradi, tuproqni tomchi zarbidan himoyalaydi. Surxondaryo havzasining tog‘li quruq dashtlar mintaqasida jigar rang va qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqada 1000-1200 metr balandlikdan boshlab, Hisorda 3000-3500 metr balandlikkacha davom etadi. Bu tuproqlar tarqalgan maydon 1660 ming ga. Jigar rang tuproqlar o‘tloq dasht tuprog‘i bo‘lib, daraxtlar va butalar o‘sgan joylarda tarkib topadi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar turli tusdagi allyuvial va qumoqlardan, ba’zi joylarda lyossdan, chag‘irtosh va shag‘allardan iborat. Hududdagi jigar rang tuproqning yuza qatlamida chirindining miqdori ko‘pligidan u qo‘ng‘ir-jigar rang yoki to‘q qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. CHirindi miqdori 15 sm chuqurlikkacha, o‘rta hisobda 4-5 % ni, ayrim joylarda 8-10 % ni tashkil etadi. 1 metr chuqurda esa 0,5 % ga tushib qoladi. Hududning tog‘li hududlarida bargli o‘rmonlar ham uchraydi. Ularda, asosan, olma, tog‘olcha, yong‘oq, bodom, do‘lana kabi mevali daraxtlar, shuningdek, bir necha tur zarang, terak, tol, qayin, chetan kabilar o‘sadi. Bu erdagi tog‘larda yovvoyi holda o‘sadigan anor, anjir, xurmo va chilonjiyda ham uchraydi. Bargli o‘rmonlar keng tarqalgan. Bu tog‘ tizmalarida 900-1500 metr balandliklardagi sernam yonbag‘irlarda ancha qalin tabiiy yong‘oqzorlar mavjud. Ular, relekt yong‘oqzorlari bo‘lib, asosan qo‘ng‘ir tuproqli shimoliy, shimolisharqiy yonbag‘irlarda, soylarda hamda daryolarning terrasalarida joylashgan.

Havzaning yuqori qismida katta archazorlar ham mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston yog‘och zahirasining ko‘p qismini tashkil qiladi. 1.5. Gidrografik tarmoqlari Surxondaryo havzasi shimolda Hisor tog‘ tizmasi, g‘arb va janubi-g‘arbda uning tarmog‘i bo‘lgan Boysun tog‘lari va sharqda Bobotog‘ bilan chegaralangan. Janubda esa havza Amudaryo vodiysi bilan chegaralanadi. Surxondaryo To‘polangdaryo va Qoratog‘daryoning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. To‘polangdaryo Qoratog‘daryoga nisbatan ikki marta ortiqroq sersuvdir, uning tog‘lardan chiqish eridagi o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi 52 m 3 /sek. Qoratog‘daryoniki esa 23 m 3 /sek dan iborat. O‘z navbatida bu daryolarga bir necha irmoqlar kelib qo‘shiladi, chunonchi, To‘polangdaryoga o‘zining SHarg‘un irmog‘i bilan Dashnabod (Obizarang) daryosi, Qoratog‘daryoga esa Oqjarsoy bilan SHirkent daryolari kelib qo‘shiladi. Surxondaryoga o‘ng tomondan ikkita yirik irmoq-Sangardak va Xo‘jaipok daryolari kelib quyiladi. Xo‘jaipokdan janubda faqat sel vaqtida suv oqadigan bir qancha soy va jarliklar bor, xolos. Ulardan eng yiriklari Boysunsoy, Oqqopchig‘oy va Toshko‘prik soylaridir. To‘polangdaryo, Qoratog‘daryo va Surxondaryoning barcha irmoqlarining suvlari tog‘lardan chiqishlari bilan sertarmoq kanallar orqali sug‘orishga olinadi, natijada ular o‘z suvlarini bosh daryoga tamomila etkazib bera olmaydi. Surxondaryo ikkita yirik irmoqqa ega. Ulardan birinchisi Sangardak, uning suv yig‘ilish maydoni 889 km2 , suv yig‘ilish maydonining o‘rtacha balandligi 2286 m, ya’ni To‘palangdaryo va Qoratog‘daryolarinikidan ancha past. SHunga ko‘ra, Sangardak daryosining to‘yinishida baland tog‘ qorlarining hissasi juda kam. Bu hol To‘palangdaryo bilan Qoratog‘ daryolarinikiga nisbatan Sangardak daryosi oqimining yil ichida boshqacharoq taqsimlanishiga sabab bo‘ladi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil