Samarqand viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Samarqand Viloyatidan yoʻnaltirildi)
Samarqand viloyati
Samarqand
viloyat
Maʼmuriy markazi Samarqand
Yirik shaharlari Samarqand, Kattaqoʻrgʻon.
Hokim Erkinjon Turdimov
Aholi (2024 yil 1 yanvar)
4 208 500
(11,4 % ,  (1-oʻrin)
Millatlar tarkibi

O'zbek Tojik

Rus
Dinlar tarkibi Islom
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kod ISO 3166-2 UZ-SA
Telefon kodi 3(66)
Avtomobil raqami kodi 30-39
Rasmiy sayti samarkand.uz
Xaritada
Samarqand viloyati xaritada
Samarqand viloyati, Xarita
Koordinatalari: 39°50′0″N 66°15′0″E / 39.83333°N 66.25000°E / 39.83333; 66.25000 G O

Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan biri hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan[1]. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.

Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.

Aholi soni 2022-yil holatiga koʻra, 4 mln 077 ming 400 kishi[2]. Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi.Samarqand viloyatida 2022- yil 1- iyul holatiga 1 kvadrat kilometrga o'rtacha 242,7 kishi to'g'ri kelgan. [3] Aholisi, аsosan, o'zbeklar, shuningdek, tojik, rus, forslar, ukrain, ozarbayjon, arman, koreys, belorus, tatar, mesxeti turklari, yahudiylar, lo'lilar va boshqa millat vakillari yashaydi.
Viloyat hududi 16,88 ming km². Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular Samarqand va Kattaqoʻrgʻon[4][5].

Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924—1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.

TABIATI

Samarqand viloyati Pomir-Oloy togʻlarining gʻarbiy chekkasida, Zarafshon daryosining oʻrta qismida joylashgan. Relyefi, asosan, kenglik boʻylab choʻzilgan va shimoldan Turkiston togʻ tizmalarining tarmoqlari (Nurota togʻi balandligi 2169 m), Oqtogʻ, 2003 m, janubdan Zarafshon togʻ tizmalari bilan oʻralgan Zarafshon daryosi vodiysini egallagan. Vodiy sharqdan (750-800 m) gʻarbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiy qiya tekisliklar va adirlardan iborat.

IQLIMI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kontinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam boʻladi. Tekisliklarda qish iliq boʻladi. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda -2°, togʻlarda -5°. Yozi issiq. Iyulning oʻrtacha harorati 26°-28°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 282-460 mm. Vegetatsiya davri 325-335 kun. Balandlikka koʻtarilgan sari, harorat pasayib boradi. Iqlim sharoiti va sugʻorish tizimi Samarqand viloyatida paxta, tamaki, choy, , shaftoli, oʻrik, olxoʻri, uzum, anjir, anor kabi mevali daraxtlar; bugʻdoy, tariq, arpa kabi donli ekinlarni yetishtirish imkonini beradi.

Asosiy daryosi - Zarafshon. Viloyat hududidagi uzunligi 193 kmni tashkil etadi. Dargʻom, Narpay (54 km), Oʻng qirgʻogʻi (64 km), Chap qirgʻogʻi (169,3), Markaziy magistral (39,5), Zarafshon, Eski Anhor kanallari va Kattaqoʻrgʻon suv omboridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.

Tuprogʻi asosan, boʻz tuproq. Tekisliklar va 500 metrgacha balandliklarda och boʻz, sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi boʻz tuproq, 1500-1700 m balandliklarda toʻq boʻz tuproq, choʻl zonasida qumoq, taqir, boʻzqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan.

Yovvoyi oʻsimliklardan chala choʻl va choʻl oʻsimliklari asosiy oʻrinni egallaydi. Togʻ yon bagʻirlariga yaqin tekisliklarda shuvoq, efemerlar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo'ri, bo'ri, tekisliklarda jayron, tog'larda qo'ng'ir ayiq, daryo suvsari, qushlardan tustovuq, tog'larda kaklik, daryolarda turli baliqlar mavjud.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyatda barcha turdagi transport vositalari yaxshi rivojlangan. Viloyat hududida birinchi bo'lib, temir yo'l 1888

y. Forob stansiyasidan (Turkmaniston) Samarqandgacha qurilgan. Camarqand viloyati hududidan Toshkent —Тurkmanboshi, Toshkent—Dushanbe, Samarqand—Qarshi, Toshkent—Uchquduq— Qo'ng'irot temir yo'llari mavjud. Viloyat hududidan o'tgan temir yo'lning (uzunligi 287,7 km), Samarqand shahridagi tramvay yo'lining uzunligi esa, 34,8 km.ni tashkil etadi. Shundan 50 km temir yo'l elektrlashtirilgan. "Afrosiyob" тez yurar poyezdi (2011 y 26 avgustdan) qatnaydi. Samarqand viloyati hududidan Kаttа O'zbekiston trakti, Zarafshon—Samarqand—Buxoro—Turkmanobod avtomobil yo'llari o'tadi. Samarqand shahridagi xalqaro aeroporti (1980 yilda ochilgan, 2022 yil mart oyida qayta rekonstruktsiya qilingan) orqali dunyoning turli mamlakatlari bilan bog'langan.

Sanoat korxonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqand viloyatida juda ko'plab, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, zavodlar, firmalar, qo'shma korxonalar mavjud. 1. "Alpomish" mashinasozlik zavodi (traktorlar uchun gilzaporshenlar i.ch.),

2020/2021 O‘quv yili boshida jami umumta’lim muassasalari soni 1 271 tani tashkil etib, ulardan 894 tasi (70,0%) qishloq joylarida, 377 tasi (29,7%) shaharlarda joylashgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan umumta’lim muassasalari soni 11 taga oshdi. O‘qituvchilar soni jami 56 637 ta, ulardan oliy malumotga ega bo‘lganlari 49 405 tani tashkil qilmoqda 2020/2021 o‘quv yili boshiga o‘quvchilar soni 737 797 nafar bo‘lib, ular ikki smenada tahsil olib kelishmoqda.

Manba: OʻzME.  S harfi

Tumanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman nomi Tuman markazi
1 Bulungʻur shahri Bulungʻur (shahar)
2 Ishtixon tumani Ishtixon
3 Jomboy tumani Jomboy shahri
4 Kattaqoʻrgʻon tumani Kadan
5 Qoʻshrabot tumani Qoʻshrabot
6 Narpay tumani Oqtosh
7 Nurobod tumani Nurobod
8 Oqdaryo tumani Loyish
9 Paxtachi tumani Ziyodin
10 Payariq tumani Payariq
11 Pastdargʻom tumani Juma (shahar)
12 Samarqand tumani Gulobod
13 Toyloq tumani Toyloq (qishloq)
14 Urgut tumani Urgut

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Information about the Samarkand Region (Wayback Machine saytida 2007-10-08 sanasida arxivlangan), www.samarqand.uz (Wayback Machine saytida 2009-06-05 sanasida arxivlangan), accessed on 2007-07-21.
  2. „O'zbekistonda eng ko'p aholi qaysi viloyatda yashaydi?“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  3. „Samarqand viloyati bo‘yicha aholi zichligi“.
  4. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named class
  5. „Urban and rural population by district“ (uz). Samarkand regional department of statistics. 5. "Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi", S harfi,

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]