Salib yurishlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Salib yurishidan yoʻnaltirildi)

Salib yurishlari – 10961270 y.larda Gʻarbiy Yevropa zodagonlari va katolik cherkovi tomonidan Yaqin Sharqqa (Suriya, Falastin, Shim. Afrika) qilingan bosqinchilik urushlari. S.yu.ning bosqinchilik mohiyati diniy shiorlar [gʻayridin (musulmonlar)larga qarshi kurash va "xudo qabri" hamda "muqaddas yer" (Falastin)ni ozod qilish] bilan niqoblangan.

Salibchilar, odatda, kiyimlariga salib (xoch) belgisini tikib olishgan (yurishlarning nomi shundan). 11-a.ning soʻnggi choragida saljuqishshr tomonidan Vizantiyaning Kichik Osiyodagi yerlarini hamda diniy anʼana boʻyicha "muqaddas shahar" boʻlgan Quddusni egallab olishlari salibchilarning Oʻrta dengizning sharqidagi yerlarga bostirib kirishiga sabab boʻlgan. Vizantiya saljuqiylarga qarshi kurashish uchun Gʻarbdagi davlatlardan bir necha bor harbiy yordam soʻragan. S.yu. ning bevosita tashkilotchisi boʻlgan Rim payasi bundan foydalangan. Papalar katolik cherkovining taʼsirini kuchaytirish va kengaytirish, pravoslav cherkovini Rimga boʻysundirish maqsadida diniy fanatizmni avj oldirganlar. Salibchilarning koʻpchiligini qashshoqlashib qolgan ritsarlar, yirik senʼorlar hamda dehqonlar tashkil qilgan.

1S.yu. (1096—99) 1095 y. Klermonda papa Urban II tomonidan eʼlon qilingan. 1099 y. iyulda salibchilar saljuqiylardan Quddus (Iyerusalim) sh.ni tortib olishgan va Quddus qirolligini tashkil etishgan;2S.yu. (114749) ga 1144 y. saljuqiylarning Edessa sh.ni bosib olishlari bahona boʻlgan. Bu yurish magʻlubiyatga uchragan;ZS.yu. (1189—92)ning boshlanishiga 1187 y. Misr sultoni Salohiddin tomonidan Quddusning egallab olinishi sabab boʻlgan. Bu yurish ham barbod boʻlgan;4S.yu. (1202—04) ni 1199 y. papa Innokentiy III uyushtirgan. Uning natijasida fransuz, nemis va italyan salibchilari dastlab Misrga moʻljallangan yurishning yoʻnalishini oʻzgartirib, xristianlar yashaydigan shaharlar — Zadar [Dalmatsiya, 1202 y. noyabr, Konstantinopol (Vizantiya poytaxti, 1204 y., apr.)]ni bosib olib, Lotin imperiyasini tuzishgan.

5(121721), 6(1228—29), 7(1248— 54), 8(1270) S.yu. samarasiz boʻlgan.

1291 y.da Akra sh.ning musulmonlar qoʻliga oʻtishi natijasida salibchilar Sharqdagi mulklarini butunlay yoʻqotganlar.

Nemis zodagonlarining 12—13a.larda slavyanlar va b. Boltiqboʻyi xalqlariga qarshi yurishlari hamda 1209—29 y.larda papalik tashabbusi bilan Shim. Fransiya ritsarlarini Jan. Fransiyadagi diniy harakat qatnashchilari — albigoychilarga qarshi Albigoy urushlarini ham koʻpincha S.yu. deb atashadi.[1]

Salib yurishi Salib yurishi 1095 yilda boshlanib 1272 yilda mo`g`illar tomonida zarba berilib tugatilgan.Bu urush to`xtab-to`xtab davom etgan.Salib yurushi to`qqiz marta bo`lib o`tgan. Birinchi salib yurishi: 1096-1099 yillarda bo`lib o`tgan. Ikkinchi salib yurishi: 1147-1149 yillarda bo`lib o`tgan. Uchinchi salib yurishi: 1187-1192 yillarda bo`lib o`tgan. To`rtinchi salib yurishi: 1200-1204 yillarda bo`lib o`tgan. Beshinchi salib yurishi: 1217-1221 yillarda bo`lib o`tgan. Oltinchi salib yurishi: 1228-1229 yillarda bo`lib o`tgan. Yettinchi salib yurishi:1248-1254 yillarda bo`lib o`tgan. Sakkizinchi salib yurishi: 1270 yillarda bo`lib o`tgan. To`qqizzinchi salib yurishi: 1271-1272 yillarda bo`lib o`tgan. 1095-yillarda yevropaning Xristian papasi (ya`ni islom dinida shayxdir) shunday degan.Farzandlarim bizning Iso xazrati payg`mbarimizning vatanini ya`ni Falastinni (Quddusni) Muslmonlardan tozalash kerak deb aytgan.Agar kim shu yurishda ishtirok etsa u baxtli va boy to`q yashaydi, agar kim shu yurishda xalok bo`lsa u nargi dunyoda ollox tomonida jannatga kirur deb aytgan.Shunday keyin Yevropadagi ko`p odamlar bunga ishonadilar.Xattoki qirollar ham bu gapiga ishonganlar.Yevropada ko`p dehqonlar shu urushda ishtirok etganlar.Chunki ular yashash tarsi qiyin va kambag`alikda o`tgan,va shunday keyin birinchi salib yurish boshlangan.

Bu sahifa oʻzbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichidan oʻtgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun boʻlmasangiz, ushbu sahifada fikrlaringizni yozib qoldiring.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil