Sahihi Buhoriy
Sahihi Buhoriy (Arab: صحيح البخاري)(asl nomi "al-Jomiʻ as-sahih" - "Ishonchli toʻplam") - oltita ishonchli hadis toʻplamidan biri. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy tuzgan. Islom dini tarixiga oid eng mukammal manbalardan hisoblanadi. Toʻplamga Muhammad (sav) va uning sahobalari haqidagi hadislardan tashqari islom huquqshunosligi (fiqh), marosimchiligi hamda oʻsha davr tarixi va etnografiyasiga oid hadislar ham kiritilgan. Maʻlumotlarga koʻra, Buxoriy 600 mingga yaqin hadislarni toʻplab, ulardan faqat 7250 tasini "ishonchli" deb hisoblab kitobiga kiritgan. "Sahihi Buhoriy" keyinchalik musulmonlar orasida katta obroʻ qozongan va musulmon mamlakatlarida koʻplab nashr etilgan. Toshkentda Imom Buxoriyning "al-Jomiʻ as-sahih" asari toʻrt jildda (1-jild - 1991, 2-jild - 1996, 3-jild - 1994, 4-jild - 1992), 2-nashri esa 1997 yildada chop qilindi.