SSSR Kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SSSR KubogiSSSRda 1936-yildan 1992-yilgacha tashkillashtirilgan futbol musobaqasi. SSSR chempionati bilan bir qatorda sobiq Ittifoqdagi eng asosiy futbol turnirlaridan biri boʻlgan. Kubok bahslarida ustalar (professional) jamoalari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya kollektivlari jamoalari ham ishtirok etgan.

Kubok bahslari jami 51 marta tashkil etilgan. Musobaqa eng koʻp gʻolib chiqqan jamoa Moskvaning "Spartak" klubi hisoblanadi - jamoa 10 marta Kubokni qoʻlga kiritgan. Sovrinlar soni boʻyicha Kiyevning "Dinamo" klubi ikkinchi oʻrinda turibdi - toʻqqizta kubok.

SSSR Kubogining dastlabki gʻolibi Moskvaning "Lokomotiv" klubi hisoblanadi, soʻnggisi esa - Moskvaning "Spartak" klubi.

Toshkentning "Paxtakor" klubi SSSR Kubogi finaliga chiqqan Oʻrta Osiyoning yagona futbol jamoasi hisoblanadi. Toshkent klubi 1970-yilgi musobaqa finalida Moskvaning "Torpedo" klubiga imkoniyatni boy bergan.