Rustam mehtar Yusufalizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rustam mehtar Yusufalizoda (1860-yil — Andijon — 1933-yil) — sozanda (surnay), mehtar.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam mehtar Yusufalizoda 1860-yilda Andijonda dunyoga kelgan. Soz chalishni otasi Yusufali mehtardan va buxorolik Hojimat mehtardan oʻrgangan. Yoshligidan nogʻora, karnay va dutorda mashq qilgan boʻlsada, asosan, surnayda mohir ijrochi boʻlgan.

Rustam mehtar Yusufalizoda surnayda „Haqqoniy“, „Larzongul“, Koʻcha bogʻi", „Charx“, „Surnay navosi“ singari kuylar hamda oʻnlab maqom yoʻllarini ijro etgan. Uni „Rustam soz“ deb ham chaqirishgan. Rustam mehtar oʻgʻli Odilbek Rustamov 1895-yili Andijon shahrida tugʻilgan. Odilbek surnaychi (mehtar) boʻlgan.

Repertuaridan „Haqqoniy“, „Voy, joney“, „Layzongul“, „Koʻcha bogʻi“, „Charx“ kabi kuylar hamda oʻnlab maqom yoʻllari oʻrin olgan.

Andijon nogʻoraxonasining mehtari ham boʻlgan. Rustam mehtar Yusufalizoda ijrochilik anʼanalarini uning shogirdlari — Ashurali mehtar va oʻgʻli O. Rustamov davom ettirishgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil