Rustam Saʼdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustam Saʼdullayev
Tavalludi
Rustam Saʼdullaev

25-iyul 1950-yil (1950-07-25) (73 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor
Faoliyat yillari 1964 — h.v.
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Rustam Abdullayevich Saʼdullayev (ruscha: Рустам Абдуллаевич Сагдуллаев) — oʻzbek va sovet aktyori va rejissori.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1950-yil 25-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabda oʻqish paytida Pionerlar uyining dramachilik toʻgaragiga ham qatnagan. Kinodagi ilk rolini 13 yoshida oʻynagan — „Dorbozlar“ filmida Alijon rolini ijro etgan.

1973-yilda „Sevishganlar“ filmida Saʼdullayev bilan birga suratga tushgan Rodion Naxapetov „В бой идут одни старики“ filmidagi Romeo roliga Rustamni tavsiya qiladi. Leonid Bikov rejissyorligi ostida suratga olingan ushbu harbiy filmda ijro etgan roli bilan Rustam Saʼdullayev butun Sovet Ittifoqiga taniladi.

1975-yilda Rustam Saʼdullayev A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan va Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyoriga aylangan.

Rejissyorlik faoliyatini 1984-yilda u oʻzining ilk „Ostansya“ filmida rejissyorlik qilgan.

2001-yilda esa 10 qismdan iborat boʻlgan „Koʻrlar“ („Slepie“) teleserialida bir vaqtning oʻzida rejissyorlik, prodyuserlik, ssenariy muallifi hamda bosh rol ijrochisi vazifasini bajargan. Ushbu serial Saʼdullayev oʻgʻlining sharafiga atalgan xususiy „Ravshan-film“ kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilasi: turmush oʻrtogʻi Marina Vladimirovna Kuzina bilan 1987-yilda suratga olingan „Shok“ filmining suratga olish jarayonidagi syomkalarda tanishishgan.,— Marina oldin „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlagan (hozirgi kunda xususiy mehmonxona sohibi). Rustam va Marina ikki nafar farzandning ota-onasi — qizi Navroʻza (1993) jurnalist va oʻgʻli Ravshan — informatik.

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film nomi Rol
1964 „Kanatoxodsi (Dorbozlar)“ Alijon
1969 „Vlyublennie (Sevishganlar)“ Rustam
1973 „В бой идут одни «старики»“ (Jangga faqat „qariyalar“ boradi[1] yoki Jangga faqat „keksalar“ chiqadi[2] yoki Jangga faqat „qariyalar“ kiradi[3]) Romeo
1998 „Kichkina tabib“
2004 „Vlyublennie 2 (Sevishganlar 2)“ Rustam
2007 „Kechir“ Samiraning otasi
2008 „Meni tushun“ Sanamning otasi
2010 „Oʻgʻrigina kelin“ Sayyoraning otasi
2011 „Marafon lyubvi (Sevgi marafoni)“ Saidov
2012 „Qovun“
2012 „Qora mushuk“
2017 „Temur“

Serial[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film nomi Rol
2001 „Slepie“
2002 „Drongo“ Jafarov
2004 „Bliznesi“ Nosirov
2009 „Sled salamandri“
„Bedor tuygʻular“

Kliplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2013 Rayhon „Qani“ Rustam Saʼdullayev

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]