Rushon tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rushon tizmasi — Gʻarbiy Pomirdagi togʻ tizmasi (Tojikiston). Uzunligi 120 km. Eng baland joyi Patxor choʻqqisi — 6080 m. Rushon tizmasi granitoid, metamorfik va gilli slanetslar, kvarsit, qumtosh, ohaktosh, gneyslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari tosh uyumlaridan, subtropik dashtlar va shuvokli chala choʻl hamda choʻl vodiysi landshaftlaridan iborat. Daryo vodiylarida tol, jirgʻanoq, terak, doʻlana, qayin oʻsadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil