Rossiya prezidentlik saylovi (2012)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Putin rafiqasi Lyudmila Putina bilan saylovda ovoz bermoqda.

2012-yilgi Rossiya prezidentlik saylovi 2012-yil 4-mart kuni boʻlib oʻtdi. Unda besh nomzod: Vladimir Putin (Birdam Rossiya), Gennadiy Zyuganov (RFKP), Vladimir Jirinovskiy (RLDP), Sergey Mironov (Odil Rossiya) va Mixail Proxorov (mustaqil nomzod) qatnashdi. Saylovda gʻalaba qozonuvchi shaxs olti yilga Rossiya Prezidenti lavozimini egallaydi.

Saylovda 2000—2008-yillarda Prezident, 2008—2012-yillarda Bosh Vazir lavozimlarini egallab kelgan Vladimir Putin yutib chiqdi.[1] Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Putinga rasmiy qutlovlar yubordi.[2]

Natijalar[tahrir]

Saylov natijalari quyidagicha:[3]

Nomzodlar Partiya Ovozlar  %
Vladimir Putin Birdam Rossiya 45 513 001 63,64%
Gennadiy Zyuganov RFKP 12 288 624 17,18%
Mixail Proxorov - 5 680 558 7,94%
Vladimir Jirinovskiy RLDP 4 448 959 6,22%
Sergey Mironov Odil Rossiya 2 755 642 3,85%

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]