Rossiya meteor hodisasi (2013)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koordinatalari: 55°09′17″N 61°22′33″E / 55.15472°N 61.37583°E / 55.15472; 61.37583

Chelabinsk uzra uchib oʻtgan meteor.
Video

2013-yil 15-fevralda, Toshkent vaqti bilan 9:20 da Rossiyada meteor hodisasi yuz berdi.[1][2][3] Chelabinsk shahri ustidan 15—18 km/s tezlikda[4][5][6] uchib oʻtayotgan kamida bitta osmon jismi (meteoroid) portladi. 1200 kishi zarba to‘lqinidan derazalar sinishi oqibatida jarohatlandi.[7] Keyinchalik bu son 1500 ga yetdi. Olti shahardagi 3 000 ga yaqin imorat zarar koʻrdi.[8][9] Rossiya Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi meteorit parchalari topilmaganini maʼlum qildi.[10] Keyinchalik meteor parchalari topildi va Internetda sotila boshlandi.

Portlagan meteoroid shimoliy Qozogʻiston va Uralda kuzatilgan meteorit yomgʻiri qismi edi.[11] Sibir Davlat Geodeziya Akademiyasi axborotiga binoan meteoroid diametri 50 metrga yaqin.[12] Meteorit qulagan joy - Chebarkoʻl yaqinida diametri olti metrlik chuqur topildi.[13]

Hodisa 2012 DA14 asteroidi yaqinlashishiga bogʻliq emas, astronomlar bu jismlar turli yoʻnalishlarda harakat qilishini taʼkidlashdi.[14]

Manbalar[tahrir]

  1. Russian Meteor. NASA. 15 February 2013.
  2. Meteor in central Russia injures at least 500. USA Today. 15 February 2013.
  3. 100 injured by meteorite falls in Russian Urals. Mercury News (15 February 2013). 15 February 2013.
  4. Russia Meteor Not Linked to Asteroid Flyby. NASA (15 February 2013). 16 February 2013.
  5. Major, Jason. Meteor Blast Rocks Russia. Universe today. 15 February 2013.
  6. 500 injured by blasts as meteor falls in Russia. Yahoo News. 15 February 2013.
  7. Meteorite hits Russian Urals: Fireball explosion wreaks havoc, up to 1,200 injured (PHOTOS, VIDEO). RT. 15 February 2013.
  8. Marson, James; Gautam Naik. Meteorite Hits Russia, Causing Panic. Wall Street Journal. 15 February 2013.
  9. Ewait, David. Exploding Meteorite Injures A Thousand People in Russia. Forbes. 15 February 2013.
  10. "Челябинск метеорити Twitter’нинг жаҳон трендини эгаллади" (oʻzbek). kun.uz. http://kun.uz/2013/02/15/intermeteor/. Qaraldi: 15-fevral 2013. 
  11. Полина Захарова: сегодня ночью к земле вновь приблизится астероид, fedpress.ru
  12. Взрыв метеорита на Урале: более 500 пострадавших. BBC. 15-fevral 2013.
  13. "Челябинцы выбили окна в домах в надежде на компенсацию" (rus). Lenta.ru. 15-fevral 2013. http://lenta.ru/news/2013/02/15/windows/. Qaraldi: 15-fevral 2013. 
  14. BREAKING: Huge Meteor Explodes Over Russia. slate.com (2013-02-15). 2013-02-15.

Havolalar[tahrir]