Rorschach testi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rorschach testidagi dogʻ suratlardan biri.

Rorschach testi (talaffuzi: Rorshax) psixologik test turi boʻlib, unda sinaluvchilar siyoh dogʻlariga qarab, nima koʻrishayotgani qayd etiladi va bu javoblar psixologik tahlil etiladi. Ayrim ruhshunoslar bu testdan kishining shaxsiy xarakteristikalari va hissiyotlarini aniqlashda foydalanishadi. Bu test bemorlar oʻz fikrlarini ochiq aytib berolmagan hollarda ishlatilgan.[1] Test uning yaratuvchisi, shveysariyalik ruhshunos German Rorshax sharafiga shunday nomlangan.

1960-yillarda mashhurlikka erishgan Rorschach testi bugunda ruhshunoslar tomonidan tanqid etiladi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. Gacano & J. Reid Meloy 1994
  2. Scott O. Lilienfeld, James M- Wood and Howard N. Garb: What's wrong with this picture? Scientific American, May 2001

Havolalar[tahrir]

VikiOmbor
VikiOmborda Rorschach testi
haqida sahifa mavjud.