Roger Ebert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roger Ebert
Tavalludi
Roger Joseph Ebert

18-iyun 1942-yil
Vafoti 4-aprel 2013-yil(2013-04-04)
(70 yoshda)
Chicago, Illinois, AQSh
Fuqaroligi AQSh

Roger Joseph Ebert (talaffuzi: Rojer Jozef Ibert; 18-iyun, 1942 — 4-aprel, 2013) amerikalik muxbir, kinotanqidchi va ssenarist boʻlgan. U 1967-yildan umrining oxirigacha Chicago Sun-Times gazetasida ishlab kelgan.[1] 1975-yili u Pulitzer mukofotini olib, bunday unvonga erishgan ilk kinotanqidchi boʻldi.[2] 2010-yilga kelib uning maqolalari AQSh va dunyodagi 200 dan ortiq gazetalarda chop etilardi. Ebert shuningdek 20 dan oshiq kitob yozgan.

2006-yili qalqonsimon bez saratoni tufayli jarrohlik amaliyotidan soʻng Ebert gung boʻlib qoldi, shunga qaramay ishini davom ettirdi. Ebert 2013-yil 4-aprelida saraton bilan 11-yillik olishuvidan keyin vafot etdi.[3][4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „RogerEbert.com“. RogerEbert.com (13-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 24-iyul 2011-yil.
  2. Rousseau, Caryn. „Roger Ebert, first movie critic to win Pulitzer, dies at 70“ (4-aprel 2013-yil). 30-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2013-yil.
  3. Steinberg, Neil. „Roger Ebert dies at 70 after battle with cancer“ (4-aprel 2013-yil). 16-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2013-yil.
  4. „Кинотанқидчи Рожер Эберт вафот этди“ (oʻzbekcha). kun.uz (2013-yil 5-aprel). 6-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2013.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]