Rkatsiteli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rkatsiteli, Mamali Rkatsiteli, Dedali Rkatsiteli — oʻrta ertagi va eng koʻp tarqalgan vinobop gruzin uzum navi. Qora dengiz havzasi ekologikgeografik navlar guruhiga mansub. Gruziya, Armaniston, Uzbekistan, Tojikiston, Qozogʻiston, Ukraina, Moldaviya va boshqa joylarda ekiladi. Barglari oʻrtacha, toʻgarak shaklda, 5 boʻlmali. Guli 2 jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, gʻujumi oval shaklda, oltinrang-sariq, quyosh nuri tegadigan tomoni jigarrang tuye oladi. Poʻsti yupqa, tarang. Eti suvli, tarkibida 25-28% kand, 6,85% kislota bor. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3000°—3100° da 150 kunda toʻla pishib yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidamli. Hosildorligi 150—200 s/ga (eng yuqori hosildorligi 368 s/ga). Uzumidan ovqat ustida ichiladigan yengil, shampan, kuchli va desert vinolar tayyorlanadi. Konyak uchun xom ashyo sifatida foydalaniladi. 1959-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil