Rio-de-Janeyro maktab otishmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Escola Tasso da Silveira otishmadan soʻng.

Rio-de-Janeyro maktab otishmasi 2011-yil 7-aprelda Rio-de-Janeyro (Braziliya) shahrining Realengo mahallasida joylashgan Escola Municipal Tasso da Silveira maktabida boʻlib oʻtgan otishmadir. Voqea mahalliy vaqt boʻyicha 8:30 da (Toshkent vaqti bilan 16:30) sodir boʻlib, 13 kishi halok boʻldi, 20 kishi yaralandi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya tomonidan yaralangan jinoyatchi oʻzini otib oʻldirgan. Uning shaxsi aniqlangan: 23 yoshli Wellington Menezes de Oliveira, shu maktabning sobiq oʻquvchisi boʻlgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]