Registr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Registr — 1) raqamli hisoblash mashinasi (RHM) ning kodlarni xotirlashga moʻljallangan elementi. Har qaysi RHM da turli ishlarga moʻljallangan R. toʻplami boʻladi (Mas, markaziy boshqarish registri). R.ning soni, razryadi va konstruktiv xususiyatlari RHMning umumiy strukturasiga, komandalar tizimiga, R.ning funksional vazifasiga, RHM ning element bazasiga bogʻliq boʻladi; 2) avtomat telefon va telegraf st-yalari hamda aloqa uzellarida biron manzilga yuboriladigan abonent axborotlarini raqamlar shaklida qabul qiluvchi va yozib oluvchi qurilma. Yozib olingan axborotdan aloqa oʻrnatishda, aloqa uchun xizmat haqini hisoblashda foydalaniladi; 3) xuquqiy ahamiyatga ega boʻlgan, roʻyxat, hisobiy hujjat, qaydnoma.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil