Red Bull Stratos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Red Bull Stratos loyihasi Red Bull tomonidan dastaklangan loyiha boʻlib, unda avstriyalik parashutchi Felix Baumgartner qatnashdi. Bosim kiyimi kiygan Baumgartner 2012-yil 14-oktabrda New Mexico, AQSh uzra havo sharida stratosferaga (taxminan 39 km) uchib, shu balandlikdan yerga sakradi.[1][2][3] 1342 km/soat tezlik yigʻib, Baumgartner tovush tezligiga yetdi,[4] shunday qilib u texnik transportsiz bunday katta tezlikka erishgan ilk odam boʻldi.[3][5] Baumgartner shuningdek boshqa rekordlar ham oʻrnatmoqchi boʻldi: odam boshqaradigan havo sharida eng balandga chiqish, eng balanddan sakrash va eng uzoq vaqtli erkin tushish. 4 daqiqa 19 soniya erkin tushib, Baumgartner parashutini ochdi.[1] Jami (erkin va parashutli) tushish oʻn daqiqa vaqt oldi.[1] Baumgartner shu rekordlardan faqat bittasini: eng uzoq tushish vaqtini ura olmadi, rekord hali ham sovet polkovnigi Yevgeniy Andreyevga tegishli (4 daqiqa 29 soniya).[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Michelson, Megan. „Baumgartner makes record freefall“ (14-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2012-yil.
  2. „Felix Baumgartner to make space jump attempt on Sunday“ (11-oktabr 2012-yil). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2012-yil.
  3. 3,0 3,1 Henderson, Barney; Irvine, Chris. „Skydiver Felix Baumgartner attempts to break sound barrier: latest“ (9-oktabr 2012-yil). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2012-yil.
  4. Irvine, Chris. „Felix Baumgartner: Daredevil in record-breaking free fall attempt: live“ (14-oktabr 2012-yil). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2012-yil.
  5. Amos, Jonathan. „Skydiver Felix Baumgartner lands highest ever jump“ (14-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2012-yil.
  6. FAI Records

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]