Red Bull

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



{{{name}}}

Red Bull- quvvatlovchi ichimliklar ishlab chiqaruvchi Avstriya kompaniyasi. Avtosport, velosiped, snoubording, motosport va boshga sport turlari bo`yicha sport konkurslarini tashkil etish va homiylik qilish bilan tanilgan kompaniya.


Kompaniya tarixi[tahrir]

1982 yil Ditrih Mateshes ning Sharqiy Osiyoga amalga oshirayotgan sayohatida o`sha erda keng tarqalgan quvvatlovchi ichimlik bilan qiziqib qoladi. U Tailand dagi Krating Daeng (Tiland tilidan tarjima qilganda "Qizil ho`kiz") markasiga lisenziyani va Taisho Pharmaceuticals (Yaponiya) firmasi reseptini ishlatish huququni qo`lga kiritgan. 1984 yil Mateshis Red Bull GmbH ga asos soladi, u Fushl am Zee, Avstriyada joylashgan. Resept va marketing dasturlarini rivojlantirish tufayli ushbu ichimlik 1987 yil bozorga chiqadi. Hozirgi kunda Red Bull dunyoning 100 ga yaqin davlatlarida tarqalgan va raqobat kompaniyalarning ko`pligiga qaramay dunyo bozorining 70% (2003 yildagi holat) qismini egallagan va shu bilan birga ohirgi yillardagi eng omadli yangi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Hozir Red Bull markasi narhi 7,96 mlrd. evroni tashkil etadi (2005 yil iyul) va o`tgan yilga nisbatan 21,6%ga oshgan. Kompaniya aylanma mablag`i 2002 yilda - 626 mln. evroni, 2004 yilda - 1,668 mlrd. evroni va 2006 yilda esa 2,6 mlrd. evroni tashkil etgan. 2004 yilda dunyoda tahminan 1,9 mlrd. banka Red Bull iste`mol qilingan (har sekundda tahminan 60 ta dona). 2006 yil da ushbu raqam 3 martaga ko`paydi.

Kompaniya marketinggi[tahrir]

Formula-1 dagi Red Bull Racing va Scuderia Toro Rosso komandalar, «Red Bull Nyu-York» va «Red Bull Zalsburg» futbol klublari egasi. Red Bull Air Race World Series aerobatika chempionati tashkilotchisi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]