Reallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reallik (lot. realis — haqiqiy) — borliqning voqelikda haqiqatda mavjud boʻlgan qismi. Narsalarning borligining yoʻqligi (imkoniyatdagisi, ehtimoldagisi va shu singarilari) bilan taqqoslanadigan jihati. Faylasuflar R.ni voqelikdan farq qilishadi. R. muayyan buyumdagi biron-bir muhim narsaning mavjudligi sifatida, yaʼni shu narsaning oʻzining borligʻi tarzida tushunilsa, voqelik esa muayyan narsadagi barcha mavjud boʻlgan va boʻlmagan jihatlarining mavjudligi sifatida talqin etilgan. Markschilar R.ni obyektiv R. bilan, materiya bilan aynanlashtirib, uning koʻlamini bir yoklama, toraytirib talqin etishgan. Aslida voqelik hozirgi paytda amalga oshgan imkoniyatlar yigʻindisi. R. voqelikdagi biz nazarda tutgan jihatlar majmui. R.ning fizik R., biologik R. va boshqa turlari bor. R. oʻziga moddiylikni ham, maʼnaviylikni ham, imkoniyat, ehtimollikni ham qamrab olishi mumkin. Inson tafakkuri ham, garchi bu borliqning maʼnaviy shakliga kirsada, realdir. Agar biror obʼyektda biz nazarda tutgan narsa yoki hodisa mavjud boʻlmasa, uni shu jihatdan noreal deymiz.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Osnovi filosofii, T., 1998; Karimov T., Real olam nima?, T., 1973.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil