Randak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Randak (Agrostemma githago) — chinniguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Boʻyi 20—70 sm. Bargi ensiz, poyada ikkitadan qarama-qarshi joylashgan. Guli toʻq pushti, yirik. Mevasi koʻsaksimon. Urugʻi qora, gʻadirbudur. May oyida gullaydi, mevasi iyunda pishadi. Lalmikor yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda faqat Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida arpa va bugʻdoyzorlarda, yoʻl yoqalarida uchraydi. Urugʻida 6,5% cha zaharli saponin, gistagin va boshqa bor. R. urugʻi aralashgan donni yegan parranda, hayvon va hatto odam zaharlanishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil