Martiya Rahmatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmatova Martiya Ahmedovnadan yoʻnaltirildi)

Martiya Ahmedovna Rahmatova (1955. 8.3, Buxoro tumani Arabxona qishlogʻi) — ilgʻor ishchi, Oʻzbekiston Qahramoni (1999). Mehnat faoliyatini 1973-yilda buxoro yigiruv-toʻq>’v fabrikasi (hozirgi "Buxoro-teks" aksiyadorlik jamiyati)aa oddiy ip yigiruvchilikdan boshlagan. 1994-yildan hozirgigacha shu korxona 1-yigiruv sexida yigiruvchi. R. mehnat faoliyati davomida ilgor texnologiyalarga tayangan holda 3—4 ta dastgohda ishlashni oʻzlashtirdi, dastgohlarning uzluksiz ishlashini taʼminlab, ish normasini oshirib bajarishga erishdi, ishlab chiqariladigan kalava ipning yuqori sifatli boʻlishini taʼminladi. Koʻplab shogirdlar yetishtirdi. "Mehnat shuhrati" ordeni bilan muko-fotlangan (1996).