Karim Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahimov Karimdan yoʻnaltirildi)

Karim Rahimov (1917.6.11, Xiva 1991.15.10, Urganch) — raqqos, aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Hamza teatri qoshidagi drama studiyasini tugatgan (1937). 1937—90 yillar Ogahiy nomidagi Xorazm teatrida ishladi. U teatrda raqqoslik qilish bilan birga bir qancha spektakllarda esda qolarli obrazlar ham yaratdi: Domla, Hidoyatxon (Hamza, "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi"), Mansur (I. Sulton, Uygʻun, "Alisher Navoiy"), Vurm (V. Shiller, "Makr va muhabbat"), Niyoz (Abdulmoʻminov, "Shikoyatga oʻrin yoʻq"), Mulla Bashir (S. Jamol, "Guli siyoh"), Qirol (U. Shekspir, "Hamlet"), Imom (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq") va boshqa shular jumlasidan. "Chin muhabbat" (O. Yoqubov), "Togʻajiyanlar" (R. Bobojon), "Paranji sirlari" (Hamza), "Oshiq Gʻarib va Shohsanam" (A. Bobojon) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Xorazmning Qoʻshkoʻpir, Yangiariq tumanlarida ansambllar tuzgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil