Radiometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radiometr (radio... va ... metr) — 1) elektromagnit nurlanish energiyasini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi nurlanishning issiklik taʼsiriga asoslanadi. Quyosh radiatsiyasi, infraqizil nurlanish va boshqa nurlanishlarni tadqiq qilishda qoʻllaniladi (yana qarang Aktinometr, Pirgeliometr); 2) rad ioastronomiyada — radiotoʻlqinlar diapazonida (toʻlqin uzunligi 0,1 mm dan 1000 m gacha) astronomik obʼyektlarning nurlanishini tadqiq qilish uchun moʻljallangan radiotexnik qurilma. Radioteleskoplarning qabul qiluvchi qurilmasi sifatida, shuningdek, Yer sirtining issiklik haritalarini tuzishda qoʻllaniladi; 3) radioaktiv manbalarning faolligi (vaqt birligi mobaynida radioaktiv yemirilish aktlari soni) ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob; 4) akustikada — tovush nurlanishlari bosimi (tovushning radiatsion bosimi) ni, kengroq maʼnoda — tovush maydonining baʼzi muhim koʻrsatkichlari (tovush energiyasi zichligi, tovush intensivligi va boshqalar)ni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil