Ra'd surasi
| Ra'd | |
| Sura nozil bo'lgan makon: | Madina |
| Ma'nosi: | Momaqaldiroq |
| vahiy bo'lgan vaqti: | vaqt |
| Sura raqami: | 13 |
| oyatlar soni: | 43 |
| Pora: | 13 |
| So'zlar soni: | 854 |
| Harflar soni: | 3450 |
| Avvalgi sura: | Yusuf surasi |
| Keyingi sura: | Ibrohim surasi |
Ra'd surasi (arab. سورة الرعد, Momaqaldiroq) — — Qur'oni Karimning o'n uchinchi surasi. Madinada nozil bo'lga 43 oyatdan iborat.
Asosiy ma'nosi [tahrir]
Bu sura boshlab, Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasini o‘rtaga tashlab, so‘ng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib o‘tilgan har bir yomon-yaxshi amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot bo‘lishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil to‘g‘risida ikki ibratli masal keltiriladi.
Birinchisi, jilg‘alarni to‘ldirib oqib kelayotgan yomg‘ir suvi haqiqatga, suv ustidagi ko‘pik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida, har qanday yerosti ma’danlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho ma’dan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof ma’dan haqiqatga, chiqindilar esa botilga o‘xshatiladi. Mana shunga o‘xshash ibratli misollarni o‘ziga jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning «Ra’d-momaqaldiroq» deb nomlanishining sababi shudir.
Bizning nazarimizda, bu ulug‘ sura to‘lasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa o‘xshaydi. U momaqaldiroq mo‘minlarni yomg‘irga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa, kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rquvga soladi.
Manbalar [tahrir]
| Avvalgisi: Yusuf surasi |
Keyingisi: Ibrohim surasi |
|
| Qur'on suralari: | ||
|
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 |
||