Ra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"RA" (qad. misrliklarning quyosh xudosi nomidan) — papirusdan yasalgan qayiq. Qad. misrliklar kemasi nusxasiga koʻra qurilgan (uz. 12 m, kengligi 5 m). "Ra"da T. Xeyerdal 7 kishidan iborat baynalmilal ekipaj bilan birga qad. misrliklarni Amerikaga suzib borishlari mumkinligini isbotlash maqsadida ekspeditsiya uyushtirgan. 1-urinish (1969) muvaffaqiyatsiz tugagan. 1970-yil "Ra — 2" Safi (Marokash)dan chiqib, 55 sutkada Barbados o.ga yetib borgan. "Ra" ekipaji tarkibida Yu. A. Senkevich (SSSR) ham boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil