Qozogʻiston respublikasi milliy fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qozogʻiston respublikasi milliy fanlar akademiyasi — Qozogʻistonning oliy ilmiy muassasasi. 1946-yil 31 mayda SSSR Fanlar akademiyasining Qozogʻiston filiali negizida tashkil etilgan. Olmaota shahrida joylashgan. Faoliyatining asosiy yoʻnalishlari i.t,larni amalga oshirish va muvofiqlashtirish, fanning muhim tarmoqlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va fan tarmoqlari taraqqiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va boshqalardan iborat. 56 akad., 143 muxbir aʼzosi bor (2003). Fan tarmoqlari boʻyicha 6 boʻlim (jum-ladan, 1 mintaqaviy) va 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot institut va muassasasi, botanika bogʻi, kutubxonasi (4 mln.dan ortiq asar) bor. Akademiya "Xabarlar" (1944-yildan) va boshqa ilmiy jurnal hamda asarlar nashr etadi. Prezidenti — Murat Jurinov (2003-yildan).