Qoraqayin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fagus sylvatica)

Qoraqayin, buk - qoraqayindoshlarga mansub bir uyli, barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi. Shim. yarim sharda 10 turi oʻsadi. Yovropa va Sharq Q. turlari ekiladi. Boʻyi 50 m, dia-metri 2 m, tanasi kulrang, silliq poʻstlokli. Issiqsevar, soyabardosh daraxt. Urta Osiyoda yovvoyi hodda uchramaydi. Barglari oddiy, tekis, koʻpincha cheti hoshiyali. Barglari yozilishi bilan gullaydi. Shamol vositasida changlanadi. 20—40, baʼzi turlari 60 yoshidan mevaga kiradi. Mevasi yogʻochsimon poʻst bilan oʻr&chgan uch qirrali yongʻoqcha. Togʻlarda 2300 m balandliklarda ham oʻsadi. 40—100 yil tez oʻsadi, 350—500 yilgacha yashaydi. Yogʻochi pishiq, ogʻir va yaxshi silliqlanadi. Suv osti qurilishlarida, mebelsozlikda ishlatiladi, musiqa asboblari, faner va boshqa tayyorlanadi, metil spirti olinadi. Mevasi tarkibida zaharli alkaloid-fagin bor. Yongʻoqchalaridan ovqatbop va texnik moy olinadi. Oʻzbekistonda manzarali daraxt sifatida ekiladi. Urugʻi va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi.