Qora kishmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora kishmish, Shivilgʻoni, Blek manuka — mahalliy ertapishar xoʻraki va mayizbop urugʻsiz uzum navi. Oʻzbekiston va Tojikistonda keng tarqalgan. Sharqiy ekologik-geofafik navlar guruhiga kiradi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargi oʻrtacha, toʻgarak, oʻrtacha kertikli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (boʻyi 18—25 sm, eni 11 — 13 sm), konussimon; shingillari havol. Gʻujumi oʻrtacha tigʻiz, tuxumsimon, uchi toʻmtoq, poʻsti qora; yupqa, eti shirali, karsillaydi. Tarkibida 2 4 - 2 5 % qand bor, nordonligi 4,5 — 5,5%. Hosili 130-145 kunda, iyul oxiri — avgustning 2-yarmida toʻliq pishadi. Kul, antraknoz, oidium va serkosporozdan zararlanadi. Uzumidan sifatli mayiz tayyorlanadi (25—27% mayiz chiqadi). Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida oʻstiriladi.