Qoʻshilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻshilish — arxeologik yodgorlik. Mezolit davri (mil. av. 12-mingyillik)ga oid ibtidoiy odamlar manzilgohi. Boʻzsuv kanalining chap sohili, Qoʻshilish mavzesida joylashgan. Arxeolog V. A. Zaxarevich topgan (1966-yil). 1967-yil Oʻ. Islomov tomonidan tekshirilgan. Q.dan toshdan ishlangan mehnat qurollari, ibtidoiy odamlar isteʼmol qilgan hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan va oʻrganilgan. Hamma mehnat qurollari (qirgʻichlar, iskana, oʻroq, randa, pichoqsimon qurollar va boshqalar) mayda tosh parchalari, qisman plastinkalardan tayyorlangan. Ixcham uchburchak mehnat qurollari ham uchraydi. Q.ni oʻrganish soʻnggi paleolit davridan boshlab Toshkent hududida uzluksiz odam yashaganligidan dalolat beradi.