Qoʻrgʻontepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Qoʻrgʻontepa
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Qoʻrgʻontepa tumani
Koordinatalari 40°44′01″N 72°45′30″E / 40.73361°N 72.75833°E / 40.73361; 72.75833Koordinatalari: 40°44′01″N 72°45′30″E / 40.73361°N 72.75833°E / 40.73361; 72.75833
Aholisi 19 565 
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qoʻrgʻontepa (Oʻzbekiston)
Qoʻrgʻontepa

Qoʻrgʻontepa — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanipati shahar (1976 y.dan), tuman markazi. Shahrixonsoy va Andijonsoy oʻrtasida joylashgan. T.y. stansiyasi (Savay). Andijon sh.dan 41 km. Q. hududidan respublika ahamiyatidagi avtomagistral oʻtgan. Aholisi 28,3 ming kishi (2005). Q.da paxta tozalash zavodi, paypoq toʻqish f-kasi, attorlik f-kasi filiali, non k-ti, Toshkent instrumental zavodining filiali, avtokorxonalar, MTP. dehqon bozori, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, "El-jihoz" servis qoʻshma korxonasi bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi. Xotira maydoni mavjud. Sport majmuasi, stadion va b. sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona maj-muasi, poliklinika, lorixonalar va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Q.dan Toshkent, Aldijon sh.lariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Dardoq qishloqining rasmiy sayti(rus.)