Qishloq xoʻjaligi yerlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qishloq xoʻjaligi yerlari - xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqarish vositasi sifatida rejali va uzluksiz foydalaniladigan yer uchastkalari va massivlari, ekinzorlar (haydalma yerlar), koʻp yillik ekinzorlar (bogʻlar, rezavor meva maydonlari), pichanzorlar, yaylovlar hamda qoʻriq-boʻz yerlar. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Qishloq xoʻjaligiye.ga haydalma yerlar, qoʻriq yerlar, tomorqa yerlari, ihota oʻrmon mintaqalari, koʻp yillik ekinzorlar, pichanzorlar, yaylovlar kiradi. Koʻp yillik ekinzorlar — ekilgan daraxtzorlar, butazorlar va oʻtsimon oʻsimliklar (bogʻlar, uzumzorlar, rezavor mevali maydonlar) bilan band boʻlgan yer uchastkalari. Pichanzorlar — oʻt-oʻlani pichan uchun oʻriladigan yer maydonlari. Pichanzorlar koʻlob, quruq va botqoqlangan turlarga boʻlinadi. Xoʻjaliklar yerlari doirasida pichanzorlarning boʻlishi va ularning turlari hududning tuzilishi va tabiiy sharoitlari bilan belgilanadi. Yaylovlar — mollar oʻtlatib boqiladigan yer maydonlari; shuningdek, pichani oʻrib olinmaydigan va qoʻriq hisoblanmaydigan yerlar ham yaylovga kiradi. Qishloq xoʻjaligi yerlarini intensivlash va xoʻjalikning ichki yer rezervlari oʻzlashtirilishi natijasida Qishloq xoʻjaligiye.ning tuzilmasi takomillashadi, foydalaniladigan yer hissasi oshadi. Shoʻrlangan yerlar melioratsiyasi, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari, sugʻoriladigan madaniy yaylovlar barpo etish va boshqa Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanishning yaxshilanishiga yordam beradi. Oʻzbekistonda jami Qishloq xoʻjaligiye. 26,7 mln. ga, shundan asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining umumiy maydoni 3785,1 ming ga ni tashkil qildi (2004; yana q. Yer fondi). Qosimjon Rahmonov.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]