Qirguli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qirguli dahasi manzarasi

Qirguli Farg'ona shahrining mavzelaridan biri boʻlib, shahar markazidan 4 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi taxminan 30 ming kishi. Qirguli mavzesi 2004-yilgacha alohida Qirguli tumani sifatida mavjud boʻlgan. Mavze Marg'ilon shahri va Toshloq tumanlari bilan chegaradosh. Qirguli Fargʻona shahrining sanoatlashgan hududi hisoblanadi. Mavzeda neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ), kimyoviy oʻgitlar zavodi Fargʻonaazot OAJ, Atsetat-tola zavodi, Mexanika zavodi, Issiqlik elektrostantsiyasi faoliyat yuritadi. Qirguli temir yoʻl stantsiyasi temir yoʻl tarmogʻi saonat mollari tashish uchun barpo etilgan. Mavzeda „Sharq“ mexmonxonasi faoliyat yuritadi. Shuningdek "Neftchi" futbol klubining mashgʻulot va maʼmuriz bazasi, Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash (militsiya maktabi), kabilar ham aynan Qirgulida joylashgan. 26-ATS telefon tarmogʻi bu hudud uchun aloqa hizmati koʻrsatadi.

Oliy oʻquv yurtlaridan Fargʻona Politexnika instituti, oʻrta taʼlim muassasalaridan kimyo texnologiyalari va politexnika, transport, ijtimoiy iqtisodiyot, elektrotexnika kollejlari va akademik litsey faoliyat yuritadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]