Qayroqqum zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qayroqqum zilzilasi — 1985-yil 13oktabrda Namangan seysmogen zonasining jan.gʻarbida joylashgan Qayroqqum suv ombori yonida sodir boʻlgan. Epitsentrda zilzila kuchi 8 ball, magnitudasi 6,1 ni tashkil qilgan. Zilziladan suv ombori toʻgʻoni zarar koʻrmagan, lekin Xoʻjand shahriga va uning atrofidagi qishloqlarga katta zarar yetgan. Hozirgi zamon tektonik harakatlari natijasida Digmay, Oqchon va Ruhan adirlarida oʻsib borayotgan yosh antiklinal strukturalarning Qurama togʻlari tomonidagi kuchlanishlar bosimi taʼsirida yer ostidagi neogen davri tuzgipsli (3000 m) qatlamlarning uzilmalar boʻiicha goh pastga, goh yuqoriga siljishi yer qimirlashiga sabab boʻlgan. Bunday siljishlar 7 km chuqurlikda kuzatilgan. Odatda, tuzgipsli qatlamlarda seysmik toʻlqinlar tarqalishi ancha sust kechadi, shuning uchun bunday joylarda zilzilalarning qaytalanishi (aftershoklar) kam boʻladi. Bu jarayon 1967-yildagi 7 balli Supatogʻ zylzilasi paytida ham kuzatilgan. Zilzila kuchi Bekobodda 6—7 ball, Ashtda 6 ball, Olmaliqda 5 ball, Isfara va Qoʻqonda 3—4 ball bilan sezilgan.