Qarnob choʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qarnob choʻliZarafshon daryosi oʻrta oqimining chap sohilidagi toʻlqinsimon tekislik. Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida. Gʻarbdan sharqqa 120 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha eni 40–50 km. Oʻrtacha balandligi 300 m (markaziy qismida 350 m, sharqiy qismida 450 m).

Yer yuzasi tekislik. Janubiy sharqsan shimoli-gʻarbga bir necha qator tepalar choʻzilgan. Ular bir biridan quruq soylar bilan ajralgan. Qator tepalar shimolida Ziyovuddin va Zirabuloq togʻlariga tutashadi. Choʻl gʻarb tomon pasayib Toshloqqum va Uchqum choʻllariga qoʻshilib ketadi. Iqlimi quruq va keskin kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 16°. Yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi —15°, —20°. Iyul oyida 40—45° ga yetadi. Yillik yogʻin oʻrtacha 165 mm. Q v.da och tusli boʻz, boʻzqoʻngʻir tusli taqir, shoʻrxok, qum va qumoq tuproqlar keng tarqalgan. Oʻsimliklardan qumli va qumoq yerlarda shuvoq, selin, oq saksovul kabi galofitlar oʻsadi, taqirlarda siyrak shoʻralar uchraydi. Bahorda choʻlni efemerlar qoplab oladi. Qarnob choʻlidan yil davomida qorakoʻl qoʻylarni boqish uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tabiiy yaylovlarda pichanning oʻrtacha hosildorligini oshirish uchun 10,5 ming ga maydonda saksovulzordan iborat sunʼiy yaylovlar vujudga kelgan.