Qorasoy (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qarasay (tuman)dan yoʻnaltirildi)
Qarasay tumani
qoz. Қарасай ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Almati viloyati
Maʼmuriy markazi Qaskelen
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Qutpanov Boʻlat-bi Satimbayevich
Aholi (2013) 285,943[1] (2-oʻrin)
Zichligi 124,3 kishi./km²
Millatlar tarkibi

qozoqlar (58,18 %)
ruslar (21,67 %)
turklar (6,22 %)
ozarbayjonlar (3,45 %)
uygʻurlar (2,47 %)
kurdlar (2,25 %)
tatarlar (1,10 %)
olmonlar (1,00 %)


ukrainlar (0,70 %)[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 2 300 km² (16-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72775[4]
Pochta indeksi 040900-040932[5]
Avtomobil raqami kodi B, 05
Xaritada
Qarasay tumani xaritada
Koordinatalari: 43°11′57.84″N 76°37′17.40″E / 43.1994000°N 76.6215000°E / 43.1994000; 76.6215000 G O

Qarasay tumani — Almati viloyatining januby qismida joylashgan maʼmuriy hudud. 1928-yil tashkil topgan. Boshlanishida Lenin, keyinchalik (1935-yilgacha) Kalinin, 1935-yildan Qaskelen, 1998-yil sentyabr oyidan boshlab hozirgi nomi bilan nomlana boshladi. Yer maydoni 2,3 ming km2. Aholisi 285,943 kishi (2013). Tuman markazi Qaskelen shahri.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 285,943 kishi, zichligi 1 km2ga 124,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi asosan tekis hududlarda istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil)[2][3]:

Katta qishloqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qaskelen shahri
  • Shamalgʻan (10,5)
  • Shamalgʻan stansiyasi (9,1)
  • Alatau (7,2)
  • Kamenka (6,8)
  • Qaragʻayli (6,0)
  • Koʻksay (5,1)
  • Abay (4,4)
  • Irgeli (4,5)
  • Jalpaqsay (4,1)
  • Aqjar (3,9)

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi kontinental, qishi ancha yumshoq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati − 6- 9 °C, iyulniki 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori tekis hududlarda 300–500 mm.

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda madaniy va maorif mahkamlaridan 53 kutubxona, 1 muzey, 7 madaniyat uyi, 1 kolledj, 3 kasbiy-texnik maktab, 46 umumiy bilim berish maskani, 2 bolalar bogʻchasi roʻyxatdan oʻtgan. Tibbiyot sohasidan „Sariarqa“, „Alma-Arasan“, „Qargʻali“, davolash joylari, „Orlenok“, „Elektron“ oʻquvchilar lagerlari, „Energetik“ horqiq uyi va oʻquvchilar lagerlari, shuningdek Qaskelen shahar markaziy kasalxonasi, Shamalgʻan qishlogʻi va Shamalgʻan temir yoʻli stansiyasilaridagi qishloq kasalxonalari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Boshqa qishloqlarda 30 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar va feldsherakusherlik punktlar bor. Tuman hududi orqali xalqaro ahamiyatga ega Almati — Qaragʻandi — Astana va Toshkent — Chimkent — Taraz — Bishkek — Almati tranzit avtomobil yoʻllari oʻtadi. [6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]