Puankare Jyul Anri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Puankare Jyul Anri (1854.29. 4, Nansi — 1912.17.7, Parij) — fransuz matematigi. Parij FA aʼzosi (1887). Parij universiteti prof. (1886). Geografik uzunliklar byurosi aʼzosi (1893). Asosiy ilmiy ishlari differensial tenglamalar, avtomorf funk-siyalar nazariyasi, osmon mexanikasi, matematik fizika va topologiyata oid. P. differensial tenglamalar yechimini boshlangʻich shartlarga va tenglama parametriga bogʻliq holda tekshirdi. Bunda P. maxsus nuqtalar tasnifini taʼrifladi va limit sikllarini oʻrgandi. P. kombinator topologiyaning asosiy tushunchalari (Betti soni, fun-damental gruppa va b.)ni kiritdi. P. matematik fizika sohasida 3 oʻlchovli kontinuum tebranishini, shuningdek, issiklik oʻtkazuvchanlik nazariyasi, elektromagnit tebranishlar nazariyasi va b. masalalarni tadqiq qilgan. "Elektron dinamikasi" asarida (1905) A. Eynshteyndan mustaqil tarzda maxsus nisbiylik nazariyasi asoslarini bayon etgan. P.ning maxizmta oid falsafiy dunyoqarashlari diqqatga sazovor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil