Proteylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Proteylar (Proteidae) — dumli amfibiyalar oilasi. Uzunligi 16—40 sm. Gavdasi choʻziq, dumi uzun, eshkaksimon, suzgich burmalari bor. Oyoklari kuchsiz rivojlangan, oldingi oyoqlarida 3 tadan, keyingisida 2 tadan barmogʻi bor. Tashqi jabralari 3 juft. P. uchun neoteniya xos, metamorfoz xususiyatini yoʻqotgan. 2 urugʻi, 2 turi (boshqa maʼlumotlarda 5 turi) Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Yevropa P. gʻor suvlarida uchraydi; koʻzi reduk-siyaga uchragan, terisi pigmentsizlashgan, och qizgʻish; tirik tugʻadi. Amerika P.ining 4 kenja turi maʼlum. Ichki urugʻlanadi. Bir nechta tuxum qoʻyadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil