Princeton universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Prinston universitetidan yoʻnaltirildi)
Princeton universiteti
Asos solingan 22-oktyabr, 1746-yil (277 yil avval) (1746-10-22)
Oʻquv yurti turi Universitet
Prezident Christopher L. Eisgruber
Talabalari 8 478 (2021)[1]
Fakultetlar 1 068 (2021)[1]
Bakalavriat 5 321 (2021)[1]
Magistratura 2 997
Kampusi 200 ga
Manzili Princeton, Nyu-Jersi, AQSh
Vebsayti princeton.edu

Koordinatalari: 40°20′33″N 74°39′21″W / 40.34250°N 74.65583°W / 40.34250; -74.65583 G O

Princeton universiteti — AQShning yirik oʻquv va ilmiy markazlaridan biri. 1746-yil kollej sifatida Princeton shahri (Nyu-Jersi shtati) da tashkil etilgan, 1896-yildan universitet maqomiga ega. Kollejda Woodrow Wilson (1902—1910-yillarda universitet rektori, 1912—1921-yillarda AQSh prezidenti) oʻqigan. Texnika va fizikamat, fanlari, aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boʻyicha yirik oʻquv va ilmiy tadqiqotlar markazi hisoblanadi. Fizika, matematika, geologiya, geofizika, biologiya, kimyo, iqtisodiyot, falsafa, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, din, roman tillari va adabiyoti, german tillari va adabiyoti, jismoniy tarbiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 6 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Kutubxonalarida 2 milliondan ortiq asar saqlanadi[2]. Princeton universiteti „Ivy League“ („Pechaklar ittifoqi“) aʼzosi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Common Data Set 2021-2022“. Princeton University. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]