Poynting Jon Genri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

POYNTING (Poynting) Jon Genri (1852.9.9, Monton, Lankashir — 1914.30.3, Birmingem, Uorikshir) — ingliz fizigi, London Qirollik ja-miyati aʼzosi (1888-yildan). London (1872) va Kembrij (1876) universitetini tugatgan. Birmingem universiteti professor (1880-yildan). 1884-yilda elektromagnit energiyasi oqimi zichligining vektori iborasini fanga kiritdi. Bu 1874-yilda rus fizigi N.A.Umov tomonidan aytilgan alohida vektor kattalikdir (qarang Umov — Poynting vektori). P. Yerning zichligiga (1891) va Yer gravitatsion doimiy-siga (1893) ovd aniqoʻlchashlar oʻtkazgan. Quyosh atrofida aylanayotgan osmon jis-mi orbitasining kichrayishi hodisasini kashf etgan (1903). Bu hodisaning relyativistik nazariyasini 1937-yilda ingliz fizigi G.Robertson (Poyntingrobertson hodisasi) ishlab chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil