Poyafzal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ayollar porafzali.
Erkaklar poyafzali.

Poyafzal (poy — „oyoq“, afzal — „kiyim“) oyoqqa kiyiladigan kiyimdir. Poyafzal oyoqni tashqi muhitdan asraydi, bezak boʻlib ham xizmat qiladi. Poyafzal ochiq (shippak, sandal kabi) va yopiq (etik, kavush kabi) boʻladi. Yopiq poyafzalni paypoq yoki boshqa trikotaj bilan kiyiladi.

Chidamli poyafzal nisbatan yangi ixtiro, oʻtmishda odamlar bir mavsumlik oyoq kiyim kiyishar edi. Qadimgi Rimda poyafzal badavlatlik belgisi edi, dehqon va qullar yalangoyoq yurishar edi.[1] Oʻrta Asrlarda baland poshnali poyafzal paydo boʻldi, uni ham nuqul boylar kiyar edi.

Baʼzi madaniyatlarda uyga kirishdan oldin poyafzal yechilishi majburiy, ayrim diniy ibodatxonalarga ham oyoq kiyimsiz kirish talab etiladi. Yalangoyoqlik hippilar kabi baʼzi oqimlarga ham xos.

Manbalar[tahrir]

  1. Margo DeMello (1 September 2009). Feet and footwear: a cultural encyclopedia. Macmillan, 65–. ISBN 978-0-313-35714-5. Retrieved on 29 January 2012. 

Havolalar[tahrir]